23:16 / 03.07.2018
6 625

Odamni to‘g‘riladim – dunyo to‘g‘rilandi

Odamni to‘g‘riladim – dunyo to‘g‘rilandi
Hafta davomida ishlab charchagan odam, yakshanba kuni charchog‘ini chiqarish maqsadida, kresloga suyanib gazeta varaqlayotgan edi.

Shunda uning yoniga o‘g‘ilchasi kelib:
-Dadajon, bugun istirohat bog‘iga aylantirishga olib boring – deb qoldi.

Aksiga olib, o‘g‘liga dam olish kuni aylantirishga olib borishga va’da berib qo‘ygan, lekin bugun uydan chiqqisi kelmayotgan edi.

Shunda xayoliga ajoyib fikr kelib qoldi. Gazetaga ilova sifatida berilgan dunyo xaritasini oldi-da, qaychida kesib bo‘laklarga bo‘lib tashladi. Keyin o‘g‘liga shu xaritani to‘g‘ri yig‘a olsa, aylantirishga olib chiqishini aytdi.

Manaman degan geografiya olimi ham kechgacha bu xaritani yig‘ishi juda mushkul – deb o‘ylab o‘tirar edi. Oradan 10 daqiqa o‘tar o‘tmas, o‘g‘li otasiga xaritani yig‘ib bo‘lganini maqtanib aytdi. Dadasi borib qarasa haqiqatdan ham xarita bexato yig‘ilgan edi.

- Buni qanday amalga oshirding? – deb so‘radi hayratdan yoqa ushlagan ota.

Bola hech taraddud qilmasdan:
- Bu xaritaning orqasida bir odamning rasmi bor ekan. Men odamni to‘g‘ri yig‘ib chiqqan edim, dunyo o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanib qoldi va shu holga keldi... – deb javob berdi.
Turkchadan Abdulloh Rahimboyev tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Odamni to‘g‘riladim – dunyo to‘g‘rilandi