Nega har ishdan hadiksirayveramiz. Axir hayot shunday qurilganku! Bizning suyanchimiz Alloh taoloku! Kim kimgadir ishonsa, u ishongani bandadir, foniydir. Kim Allohga ishonsa, U Rabbdir, boqiydir. Bizning suyanchimiz Alloh taolo mana nima demoqda:
"U qavmni quvishda bo‘sh kelmang. Agar ozor chekayotgan bo‘lsangiz, ular ham siz ozor chekayotganingizdek ozor chekmoqdalar. Siz esa, Allohdan ular umid qilmagan narsani umid qilmoqdasiz. Alloh biluvchi va hikmatli zotdir". ("Niso" surasi, 104-oyat).
"Bo‘shashmanglar! Xafa bo‘lmanglar! Sizlar, agar mo‘min bo‘lsalaringiz, ustunsizlar." (Ey musulmonlar! Hech bo‘shashmanglar, zaiflashmanglar, sizga yetgan musibatlarga, boshingizga tushgan og‘irliklarga xafa bo‘lmanglar. Sizlar dunyoda hammani hidoyatga da’vat qiluvchilarsiz. Ular zulmatga, zalolatga chaqiruvchilardir. Sizlar ikki dunyo saodatiga egasiz. Ular ikki dunyo badbaxtligiga egadirlar.)
("Oli-Imron" surasi, 139-oyat).
"Agar sizga jarohat yetgan bo‘lsa, u qavmga ham shunga o‘xshash jarohat yetgan. Bunday kunlarni odamlar orasida aylantirib turamiz. Toki Alloh iymon keltirganlarni bilishi uchun va ulardan shahidlarni chiqarib olishi uchun. Va Alloh zolimlarni sevmaydi". (Ya’ni, bir unday, bir bunday bo‘lib turadi. Agar ish bir xilda turaversa, dunyoning qizig‘i qolmaydi. Doimo musulmonlar g‘olib kelaversa, hamma o‘zini musulmon deb e’lon qilib yuboradi. Oqibatda hamma aralashib ketib, kim haqiqiy mo‘min-musulmon, kim yuzaki ekanini odamlar bila olmay qoladilar. Qiyinchilik, og‘ir holatlarda mo‘minlar munofiqlardan ajrab chiqadilar. ("Oli-Imron" surasi, 140-oyat).
Men Allohning bu ta’limotlarini qandaydir arzimas kishilar yo hodisalar tufayli keltirayotganim yo‘q. Balki, Allohning Kalomi bizga abadiy va amaliy dasturulamaldir. Azizlar Qur’onni o‘qiylik, anglaylik va amal qilaylik!
Mubashshir Ahmad hafizahulloh
Manba: Azon.uz
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Bog‘, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlovchi hujjat loyihasi ishlab chiqildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Britaniyada davlat idoralari o‘z xodimlariga mamlakat bo‘ylab parvozlarni taqiqlashni boshladi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Rossiya Ukrainaga “zudlik bilan” mahbuslarni almashishga tayyorligini bildirdi
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi