16:12 / 18.07.2018
7 188

«Xotinimda ko‘nglim yo‘q! Xayollarim birinchi muhabbatim tomon meni olib ketaveradi»

«Xotinimda ko‘nglim yo‘q! Xayollarim birinchi muhabbatim tomon meni olib ketaveradi»
«MEN UNGA ARZIMAYMAN!»

— Men unga arzimasligimni doim his etganman. U bo‘lsa, meni jonidan-da ortiq sevadi. Ko‘zlari yo‘limda intizor. Necha yildirki, sevmagan insonim bilan yashab, uning ham, o‘zimning ham ko‘nglimni og‘ritganim-og‘ritgan. Ko‘ngil deganlari shu qadar qaysar va jilovsiz ekan! O‘zimni necha bor unga bog‘lashga urindim, ammo…

Ammo xayollarim birinchi muhabbatim tomon meni olib ketaveradi. Yonimdagi malak esa mening o‘ylarimdan bexabar, ko‘zlarimga umid-la boqqani-boqqan. Eh, ko‘nglim! Shu bechoragina qizga isiy qolsang, nima bo‘ladi, a? Mana shu mushtiparni sevsang, sevib, sevilsang, nima bo‘ladi, a?! O‘shanda bu uch kunlik dunyoning qorong‘i tunlaridan yorug‘likka chiqarmidik. Sinovlarning chigalliklaridan qutilarmidik!

Eh, nima qilay? Boshimni qaysi toshga urib yoray?! Senga yuragim isimasa, hech isimasa, qaysi tog‘larga borib hayqiray?! Ko‘p urindim uning yomon tomonlarini topishga, sendan go‘zalliklar qidirishga. Lekin ne ko‘rgulikki, uning yomon taraflari ham sening go‘zal hislatlaringdan ustun kelaverdi. Ko‘nglim ovozini eshitmay, kar ham bo‘lib oldim. Lekin bari befoyda edi. Oradan vaqt o‘tgani sari, ehtimol, ko‘nikishdan muhabbatim oshar, jilla qursa mehrim tushar dedim, bo‘lmayapti! Ko‘ngil tinchimayapti!

Men senga arzimasligimni juda yaxshi bilaman. Sen munis bir ayolsan. Qalbi va xayollari pok ayolsan! Men esa… Men esa har kuni xayollari bilan senga xiyonat qiluvchi, sening dilingni ming bor sindirib, o‘zini ham azobga soluvchi bir qat’iyatsiz insonman.
AZAMAT
Qo‘qon shahri

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » «Xotinimda ko‘nglim yo‘q! Xayollarim birinchi muhabbatim tomon meni olib ketaveradi»