13:27 / 24.07.2018
4 845

Oila g‘ami

Oila g‘ami
Biz erkaklar ko‘pincha katta to‘y, choyxonalarda to‘planib ziyofatlar uyushtiramiz, kabobu, palovdan tortib turli tuman narsalarni yeb mazza qilamiz. Ammo oilamiz-chi! Kabob yeyatganimizda ular qattiq non yeb o‘tirmaganmikan! Ularga ham tez-tez kavobu palov qilib ko‘nglini ko‘taramizmi? Qiyomat kunida o‘zimiz yeb oilamizni och qo‘ysak ular da’vo qilishmasmikan?! Shu bois oila rahbari degan nomga munosibmizmi?

Oilasiga munosib er, oilam bola chaqam, ularning baxt-saodati deb bor kuchini sarflaydi.

Iymonli podshoh esa hamma vaqt elim-yurtim, xalqim va millatim deydi. Yurt taraqqiyoti uchun jon-jahdi bilan harakat qilib, doimo xalqining ahvolidan xabardor bo‘ladi, xalqi och bo‘lib, o‘zi to‘q yurmaydi. Xalqining tinch, xotirjam va boy-badavlat yashashishi uchun o‘z rohatini unutadi.

Donishmandlardan birini saxovatli boy uyiga mehmonga chakirdi. Aytilgan kun donishmand mehmonga keldi. Mezbon boy uni quchoq ochib, ochiq chehra bilan kutib oldi va mehmonxonasiga taklif qildi. Boy taklif qilgan mehmonxonada boyga yaqin kishilar ham bor edi. Donishmand kirishi bilan hamma o‘rnidan turib, qo‘llari ko‘ksida unga salom berishib ko‘rishishdi. Aziz mehmonni ehtirom aylab dasturxonning to‘riga o‘tqazishdi. Dasturxon turli-tuman nozu ne’matlar bilan to‘la edi. Birin-ketin taomlar ham tortila boshlandi. Ammo nimagadir donishmand taomlardan juda kam tanavul qilardi. Buni ko‘rib mezbon xijolat tortdi va dedi:

–Taqsir, bu taomlarning hammasi halol-pok, peshana teri bilan topilgan pullarimga xarid qilinganini yaxshi bilasiz, taomni kam tanovul qilishingizda bir hikmat bormi?-dedi ming xijolat chekib. Biroz o‘ylanib turgan donishmand:

-Ey azizim! Biz bunday lazzatli taomlarni yesag-u oilamiz, farzand va jigargo‘shalarimiz uyda oddiy taom yesalar bu ishimiz to‘g‘rimikan?-deb o‘ylab qoldim dedi.
Shermurod TOG‘AY

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oila g‘ami