Olimlar aholining salomatligi holatidan jiddiy tashvishdalar, shu bois ular qanday omillar insonlarning tez o‘lim topishiga sabab bo‘lishiga doir tadqiqot o‘tkazishdi. "Ortodoks" tibbiy portaliga tayanib Kun nashri shu haqida xabar berdi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ular sayyoraning deyarli har ikkinchi kishisida uchratish mumkin bo‘lgan halokatli zararli odatlar haqida ma’lum qilishdi. Shunisi e’tiborga molikki, mazkur ro‘yxatda spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar iste’moli kabi odatiy halokatga yetaklovchi mashg‘ulotlar keltirilmagan.
Insonlar uchun eng halokatli odatlar ro‘yxatidan quyidagilar o‘rin oldi:
Yolg‘izlik
Psixologiya professori Julianna Xolt-Lunstadning fikricha, yolg‘izlik organizmga kuniga 15 sigareta chekish kabi ta’sir ko‘rsatar ekan. Shaxsiy uchrashuvlar o‘rnini egallab borayotgan virtual muloqot inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsata olmaydi - inson baribir e’tibor yetishmasligidan aziyat chekadi.
Kamharakat hayot tarzi
Foto:iStockphoto
Kamharakat hayot tarzi ro‘yxatning ikkinchi o‘rnidan joy oldi - olimlar bu yo‘g‘on ichak hamda o‘pka saratoniga sabab bo‘lishi mumkin deb hisoblashmoqda. Tadqiqotchilarning fikricha, odamlar tobora ko‘proq kompyuter, rul va televizor qarshisida vaqt o‘tkazishmoqda.
Uyqusizlik
Foto: erhvn.mn
To‘yib uxlamaslik insult va infarkt kabi yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, AQShning 70 million aholisi surunkali uyqusizlikdan aziyat chekadi. Bunday holat ayniqsa chekuvchilar uchun xavfli, bu zararli odat yurak-qon tomir kasalliklari xavfini besh baravarga oshiradi.
Oftobda toblanish
Oftobda toblanish xavfli odatlardan yana biri sifatida qayd etildi. Shifokorlar ultrabinafsha nurlar teri saratonini keltirib chiqarishi mumkin, deb hisoblashadi. Toblanishning salbiy ta’siri sigaretalardan-da zararli ekani ta’kidlanadi.
Noto‘g‘ri ovqatlanish
Foto: blogoduma.ru
Aholining kichik qatlamigina benuqson ratsioni bilan maqtana oladi. Qand miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari giyohvand moddalar va spirtli ichimliklar iste’molidan-da xavfli bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislar yuqoridagi kuzatuvlardan kelib chiqib, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga va salomatlikni saqlash uchun oddiy tavsiyalarga amal qilishga chorlab qolishdi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Virus UFC ni dunyoga tanitdi
AQSH Ukrainani harbiy xizmatga chaqiruv yoshini 18 ga tushirishga chaqirmoqda
Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»