Barchamiz gunoh qilamiz. Agar shu gunoh va ma’siyatlarimizni tark etsak, quyidagi foydalarni qo‘lga kiritamiz:
1. Muruvvatning tiklanishi.
2. Obro‘ning saqlanishi.
3. Molning saqlanib, ziyodalashishi.
4. Bandalarning muhabbati.
5. Bandalar orasida so‘zning qabul qilinishi.
6. Hayotning farovonlashishi.
7. Badan rohati.
8. Qalbning quvvatga to‘lishi.
9. Nafsning xushnud bo‘lishi.
10. Qalbning ne’matga erishishi.
11. Ko‘ngilning keng bo‘lishi.
12. Fosiq va fojirlarning xavfidan omonda bo‘lish.
13. G‘am, o‘kinch va mahzunlikning kamayishi.
14. Nafsning xorlikdan azizlikka o‘tishi.
15. Ma’siyat sababli qalbdagi o‘chgan nurning qaytadan paydo bo‘lishi.
16. Tanglikdan kenglikka chiqish yo‘lining paydo bo‘lishi.
17. O‘ylamagan tomondan rizqning oson kelishi.
18. Avvallari qiyin bo‘lgan ishlarning osonlashishi.
19. Toatlarning yengillasha boshlashi.
20. Ilm olishning yengillashishi.
21. Odamlar orasida yaxshi nomga sazovor bo‘lish.
22. Odamlarning uning haqqiga duo qilishlari.
23. Yuzda va badanda nur paydo bo‘lishi.
24. Yurish-turish va ko‘rinishda haybat va viqorning paydo bo‘lishi.
25. Aziyat va zulmga uchraganda, odamlarning yordam berib, himoya qilishlari.
26. Duolar ijobatining tezlashishi.
27. U bilan Alloh orasidagi uzoqlikning yo‘qolishi.
28. Farishtalarning unga yaqin bo‘lishlari.
29. Inson va jin shaytonlarning undan uzoq bo‘lishlari.
30. Uning xizmatini qilib, hojatini chiqarishga odamlarning musobaqa qilishlari.
31. Odamlarning uni ko‘rishga va suhbatida bo‘lishga rag‘batlari oshishi.
32. O‘limdan qo‘rquvning yo‘qolishi.
33. O‘limni Robbining visoliga erishtiruvchi vosita deb bilib, uning kelishidan shodlanish.
34. Qalbda dunyoning kichrayib borishi.
35. Qalbda oxiratning kattalashib borishi.
36. Oxiratdagi ulkan ne’mat va buyuk yutuqqa bo‘lgan hirsning oshishi.
37. Toat halovatini his etish.
38. Iymon halovatini his etish.
39. Arshning atrofidagi hamda uni ko‘tarib turuvchi farishtalarning uning haqqiga duo qilishlari.
40. Ikki yelkasidagi farishtalarning undan hursand bo‘lib, har vaqt uning haqqiga duo qilishlari.
41. Aqlning ziyoda bo‘lishi.
42. Fahmning ziyoda bo‘lishi.
43. Iymon nurining ziyoda bo‘lishi.
44. Ma’rifatning ziyoda bo‘lishi.
45. Allohning unga bo‘lgan muhabbati paydo bo‘lib, undan rozi bo‘lishi.
46. Hech bir o‘lchovlarga sig‘maydigan shodlik, hursandchilik va halovatga ega bo‘lish.
Ushbu zikr qilinganlar gunohlarni tark qilishning bu dunyodagi foydalaridir. Uning oxiratdagi samaralari ham bor. Ular quyidagilar:
47. Osonlik bilan jon berish.
48. Jonni rahmat farishtalari olib, jannat xushxabarini berishlari.
49. Farishtalar unga bu dunyoda xavf yo‘qligi va oxiratda xafa bo‘lmasligining bashoratini aytishlari.
50. Dunyo qamog‘i va torliklaridan qabrdagi jannat bog‘chasiga ko‘chib o‘tishi.
51. Qabrda qiyomatgacha rohat-farog‘atda yotishi.
52. Odamlar qiyomatda issiqlik va terga botganlarida Arsh soyasida bo‘lishi.
53. Odamlar birin-ketin Allohning huzuriga ketganlarida u avliyolar, tavqodorlar, najotga erishgan bandalar qatorida bo‘lishi.
54. Jannat ne’matlaridan rozi bo‘lishi.
55. Allohning jamoliga nazar solish baxtiga sazovor bo‘lishi.
Mana shular gunoh va ma’siyatlarni tark etish evaziga erishiladigan yutuqlardir. Alloh taolo barchamizni gunoh va ma’siyatlarni tark etib, yuqoridagi ne’matlarga erishadigan bandalaridan qilsin!
Ibn Qayyum rohimahullohning
“Favoid” kitoblari asosida
“Favoid” kitoblari asosida
Manba: islom.uz
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”