Shayx Ali Tantoviy rohimahullohning bir benamoz yigit bilan bo‘lgan suhbatlaridan:
Yigit: «To‘g‘ri, namozning farz ekanini inkor qilmayman. Men ham namoz o‘qishni yaxshi ko‘raman. Lekin ba’zi namozxonlarni ko‘rgach, namozdan nafratlanib ketaman... Maktabimizda bir yigit bor. Besh mahal namozini o‘qiydi. Lekin o‘zi yolg‘onchi, takabbur bola, omonatdor emas. U to‘g‘ri yo‘ldan og‘ib ketgan», dedi.
Shunda men: «Shuning uchun namoz o‘qimaysanmi?» desam, «Ha», dedi.
Men: «Unda nima uchun ovqat yeyapsan?» dedim. «Nima uchun yemay?!» dedi u hayron bo‘lib.
Men: «Chunki ovqat yeyayotganlar ichida ham o‘g‘ri, xulqi buzuq va takabburlari bor», dedim. «Bor bo‘lsa nima bo‘pti? Axir organizmning yashashi uchun ovqatlanish kerak-ku!» dedi.
Men: «Xuddi shunga o‘xshab, ruhning yashashi uchun ham namoz kerak! U yolg‘onchi bo‘lsa, buning namoz o‘qimasligingga nima aloqasi bor?» dedim.
Muhammadloiq qori
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”