PSIXOLOGIK AYYORLIKLAR (Xohishingizga erishishga yordam beradi)
Biriga diqqatli bo‘lganimizda ikkinchisini qo‘ldan boy beramiz:
Aniq bir narsaga diqqatini qaratgan insonlar, ko‘pincha boshqa bir ma’lumotni ko‘zdan qochirishadi. Nimanidir sezdirmasdan bajarishni xohlasangiz, bu ayyorlikdan foydalanib ko‘ring.
Bu taktikaga Sharqiy Berlindagi o‘g‘ri bolakayning hammaga taniqli tarixini misol keltirish mumkin. U har kuni velosipedida qum to‘ldirilgan so‘mkasi bilan Sharqqa borib kelar va qo‘riqchilar har kuni uning so‘mkasini kontrabanda xavfi bilan tekshirishar edi, lekin hech narsa topa olmay qo‘yib yuborishar edi. Vaholanki, bolakay aslida velosiped o‘g‘irlashini ular hech qachon bilishmagan.
Gavdangiz holatiga e’tiborli bo‘ling:
Kim bilandir gaplashayotgan paytingizda, undan nusxa ko‘chirishga. ya’ni uning xatti-harakatlari, gavdasining holatiga mutanosib harakat qilishga urinib ko‘ring. Shunday qilishingiz bilan, u odam o‘zi anglamagan holda sizga hamfikr bo‘lishni boshlaydi. Bu taktika ayniqsa biror yordam so‘rashda juda qo‘l keladi.
Vizual aloqa:
Odamlar ko‘zlarini harakatga keltirmasdan biror narsani eslashi amrimahol. Baxtga qarshi, ushbu ma’lumot ko‘p narsaga yordam bera olmasligi mumkin. Lekin kimningdir ustidan kulishda, ya’ni hazillashishda qo‘l keladi. Savol berayotib ko‘zingizni undan uzmang, ya’ni vizual aloqani uzmang. Kayfiyatni ko‘taramiz!
Savol berishdan oldin tanaffus qiling:
Bu eski tryuk, lekin majlislarda yaxshi natija beradi. Agar kim bilandir suhbat o‘tkazayotgan bo‘lsangiz, savol berishdan oldin uzun (juda uzoq) tanaffuslar qiling. Bu odamlarni rost gapirishga majbur qiluvchi omadli usul.
Bosh silking:
Do‘stlaringiz ko‘pchilik qarshisida hayajonli chiqish qilayotgan paytda, unga bosh silkib turishingiz katta yordam beradi. Ayniqsa, har bir jumla so‘ngida bajarish yaxshi natija beradi. Sababi aniqlanmagan, lekin ommaviy chiqishlarda adashib va chalkashib ketmaslikk yordam beradi. Bu usul 10 tadan 9 tasida ish beradi.
Xohishingizga erishish uchun turli variantlarni qo‘llab ko‘ring:
Biz ko‘pincha mavjud turli variantlardan birini tanlashimizga to‘g‘ri keladi. Ulardan faqat ikkitasini tanlab oling va ishontirishga urinayotgan insoningizga ularni alternativ sifatida taklif qilib ko‘ring. Va ko‘p hollarda, tanlov aynan sizning takliflaringizdan biri bo‘lib chiqadi.
Rostgo‘y bo‘ling:
Keyingi safar, biror xayrli bo‘lmagan xarakatni (qonun doirasida) amalga oshirishga urinishingizdan oldin, rostgo‘y bo‘lishga harakat qiling. O‘zingizni shu yerda bo‘lishga majbur va yuklatilgan vazifani bajarayotgan odamdek tuting. Buni ish berganidan hayratda qolasiz! AMMO: bundan yovuz maqsadlarda foydalanmang.
Turli javoblarga yo‘l ochuvchi savollar:
Marketingda, bunday savollar (shunchaki savol emas, “ha” ham, “yo‘q” ham javob bo‘la oladigan savollar) ko‘pincha savdo sifatini oshiradi.
Masalan, ushbu savollarni taqqoslab ko‘ring, “Yana 2 idish sotib olib chegirmaga ega bo‘lishni xohlamaysizmi?” va “Nima uchun yana 2 tasini sotib olmaysiz, shunda hammasiga chegirmaga ega bo‘lardingiz?”
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”