15:49 / 22.08.2018
4 783

Erkak tan olgan haqiqat

Erkak tan olgan haqiqat
Bir kuni navbatdagi safarga tayyorlana boshladik. Narsalarni joylashtirib yuborishi uchun ayolimni chaqirmoqchi bo‘ldim. Lekin ahamiyat bersam, bir vaqtning o‘zida uch o‘g‘lim baravariga uni chaqirishyapti.

Holatni besh daqiqa kuzatdim.

– Ona, kiyimlari qani?
– Ona, sochimni tarab qo‘ying!
– Oyi, sumkam qani?
– O-o-yi, kiyimlarimni dazmollab bering!
– Ona, qornim ochdi.
– Oyi, dorilarimni ovoling!
– Oyi, ona, ona…

Bir vaqtning o‘zida o‘n beshtasi chaqirayotgandek. Har birining talabi har xil. Ularning orasini “Ona” degan so‘z ajratib turibdi, xolos. Uning o‘rniga o‘zimni qo‘yib ko‘rdim. Oson emas. Men besh daqiqadayoq jinni bo‘lib qolishim hech gapmas, bunaqada. Lekin ayolim, churq etmaydi-ya? Ulgurishga harakat qilib, yana orada ularni erkalatib ham qo‘yadi!

Qizig‘i uning bunday xizmatiga hech kim bir og‘iz “RAHMAT” ham demaydi. Kutubxonaga kirib, ayolim ishlarini tugatib olishini kutdim. O‘zim nimalar qilishim kerakligini unutdim. Lekin, Payg‘ambar alayhissalom “Onangni lozim tut! Zero jannat, uning oyoqlari ostida” (Nasaiy rivoyati 3104) degan hadislari haqida tafakkur qildim.

???? Alloh taolo har bir ona va uning farzandlarini yaxshilik bilan mukofotlasin!
???? Bizni ota – onasiga g‘amxo‘r, mehribonlardan qilsin!
???? Volidalarimizning umrlari uzun bo‘lsin! Vafot etganlarga rahm qilsin!
???? Yaqinlarimiz, sevganlarimiz bilan Firdavs jannatida jamlasin!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Erkak tan olgan haqiqat