10:30 / 27.08.2018
12 673

Anjirning foydali hususiyatlari

Anjirning foydali hususiyatlari
Anjirni oʻzgacha mazasi, antiqa koʻrinishi sababli jannat mevasi deyishadi. Anjirning asl vatani Oʻrta Sharq mamlakatlari boʻlib, keyinchalik Arabiston, Suriya, Misr hududlariga olib kelingan. Hozirda bu meva Oʻrta Yer dengizi mamlakatlari, Kavkaz, Qrim hamda Qora dengiz sohillarida ham yetishtirilmoqda.

Anjir juda mazali, iforli, shakli yapaloq noksimon koʻrinishga ega meva. Rangi qora, oqish, yashilga monand, sariq, ichi toʻla mayda urugʻdan iborat boʻladi. Quvvati 100 g mahsulotda 49 kilokaloriyani tashkil qiladi.

PISHGAN ANJIRNI QANDAY TANLAYMIZ?

Yaxshi pishgan anjir sharbatga toʻlgani uchun xomiga nisbatan ogʻirroq boʻladi. Buni bilish uchun uni qoʻlga olib, ushlab koʻrish kifoya. Agar anjir eski, bir necha kun turib qolgan boʻlsa, yengilligi, terisi bujmaygan, suvi chiqqani yoki achimtir hididan bilinadi. Bunday anjirni isteʼmol qilmagan maʼqul.

Yangi uzilgan anjir mevalari silliq va tekis, terisiga zarar yetmagan boʻladi. Agar anjir juda qattiq boʻlsa ham uni sotib olmaslik kerak. Pishgan anjir barmoq bilan bosganda oson eziladi va yana oʻz holiga keladi.

Anjir juda pishib ketgan boʻlsa, suvi chiqib tez ayniydi. Shuning uchun anjirni sotib olgandan keyin sovitkichda boʻlsa ham 2-3 kun turib qolishiga yoʻl qoʻymang. Bu tansiq mevani uzilgan kunida yangiligida isteʼmol qilishning foydasi koʻproq.

Anjir qoqi oʻzining betakror taʼmi va shifobaxshligi bilan barcha uchun sevimli quruq meva boʻlib, tarkibida hatto eng zaiflashgan organizmni ham quvvatlantira oladigan mikromaʼdanlar bor. Quritilgan anjir oshxonada, yaʼni turli pechenyelar, pishiriqlar tayyorlashda qoʻllaniladi.

Taʼkidlash kerakki, bu meva isteʼmoliga siydik tosh kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan yondoshish talab etiladi. Chunki u peshob haydovchi vosita boʻlgani bois siydik ayiruvchi aʼzolardagi toshlarni oʻz oʻrnidan qoʻzgʻatib kuchli ogʻriqqa sabab boʻlishi mumkin.

Homilador ayollar, vazn ortishiga moyilligi borlar anjirni koʻp yeyishdan oʻzini tiygani maʼqul, chunki u ishtaha kuchayishiga va ortiqcha vaznga sabab boʻlishi mumkin.ilashga va moddalar almashinuvini faollashtirishga hissa qoʻshadi.

BARGI TЕRIDAGI OQ DOGʻLARNI YOʻQOTADI

Teridagi oq dogʻlarni davolashda anjir barglari yordamga keladi. Bunda anjir barglari maydalanib, 2 osh qoshiq hajmga keltiriladi. Ustidan 400 ml qaynoq suv quyiladi va 1, 5 soat tindirib qoʻyiladi. Bu malhamdan kuniga 3 mahal ovqatdan 20 daqiqa oldin dokadan oʻtkazib, 100 mg miqdorida ichiladi. Bargidan chiqadigan suyuqligi teridagi dogʻlarga surtiladi. Bu usul oq dogʻlar (vitiligo)ni kamaytirishga yordam beradi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Anjirning foydali hususiyatlari