Ayollarning ushbu hissiyotlari ilmiy asosga egaligining dalillari paydo boʻldi.
Psixolog Syuzan Fiske va uning Prinston universitetidagi tadqiqot jamoasi anʼanaviy (dunyoviy) tushunchadagi erkaklarga yarim yalangʻoch va yalangʻoch erkak va ayollarning bir qancha rasmlarini koʻrsatib, ularning bosh miyasini magnit-rezonansli tomografiyadan oʻtkazdi.
Olimlar erkaklarning ochiq kiyimlardagi ayollarga nisbatan reaksiyasi aniq va boshqacha maʼnoga burib boʻlmaydigan ekanligini aniqlashdi. Ayollarning qancha kiyimi kam boʻlsa, erkaklarning bosh miya poʻstlogʻi premotor sohasi va oʻrta chakka pushtasi kuchli faollashgan. Miyaning bu qismlari asboblar (instrumentlar) bilan ishlashga, qoʻlni harakatlantirish va harakatga maylni qoʻzgʻatishga javob beradi.
Oʻzlashtirish tezligi boʻyicha test natijalari esa shuni koʻrsatdiki, erkaklar choʻmilish kiyimidagi, boshi koʻrsatilmagan ayollarning rasmlarini ularga soniyaning bir qismida qaragan boʻlishlariga qaramay, yaxshi eslab qolishgan.
“Xuddiki, ular oʻsha tanalar bilan nimalar qilmoqchi boʻlganlarini shunchalik tez xayoldan oʻtkazishgan. Yaʼni ular bu rasmlarga, odamlar obyektlarga taʼsirlanganidek taʼsirlanishgan”, – deb tushuntirgan Fiske Chikagodagi har yilgi Amerika ilmiy taraqqiyot assotsiatsiyasi uchrashuvida.
Abdulloh Rahmonberdiyev
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”