Abu Jaʼfar Mansur (abbosiy xalifalardan) xalifalikka saylanganda elchilar, turli mansab kishilari unga salomlarni yetkazgani va xalifalikka saylangani bilan tabriklagani kela boshlashdi.
Shu orada bir keksa kishi ham keldi. Uni koʻrgan Abu Jaʼfar “Bu qariya hozir bizga oʻlim haqida gapirib, koʻnglimizni dunyodan uzishga chaqiradi. Men oʻzim u gap boshlamasidan oldin bizga mavʼiza qilishini soʻrayman” dedi va “Ey qariya, bizga nasihat qiling” dedi. Shunda boyagi kishi “Ey moʻminlarning amiri, sizga koʻrgan narsamni gapiraymi yoki eshitgan narsamnimi?” deb soʻradi. Abu Jaʼfar “Koʻrgan narsangizni gapiring. Chunki, koʻriladigan narsa odatda eshitiladigan narsadan kam uchraydi” dedi.
Shunda haligi keksa kishi: “Ey moʻminlarning amiri, men Umar ibn Abdulaziz rahimahullohni koʻrdim. Vafot etganda, oʻzidan oʻn bitta farzand qoldirdi. Farzandlariga oʻn sakkiz dirham meros qoldirdi. Oʻzi besh dirhamga kafanlandi, toʻrt dirhamga qabr kavlatildi, qolgan toʻqqiz dirham esa, farzandlari orasida taqsimlandi. Har bir bolaga bir dirhamdan kamroq ulush tegdi.
Yana Hishom ibn Abdulmalik (ummaviylar xalifasi)ni ham koʻrdim. Vafot etganda, ortidan bir qancha farzandlar va toʻrtta xotini qoldi. Har bir xotiniga sakson ming dinor oltin meros tegdi.
(Maʼlumki, agar erning farzandi boʻlsa, xotiniga merosning sakkizdan biri tegadi. Shu sakkizdan bir ulush esa, toʻrtta xotinga teng taqsimlanadi. Agar har bir xotinga sakson ming dinor ulush tekkan boʻlsa, u holda toʻrtta xotinga berilgan meros uch yuz yigirma ming dinor boʻladi. Bu Hishom ibn Abdulmalik qoldirgan dinorlarning sakkizdan biridir. Demak, dinorlarning sakkizdan biri uch yuz yigirma ming dinor boʻlsa, qolgan dinorlar bundan ham koʻpligi maʼlum boʻladi. Bular hali merosning dinorlardan iborat qismidir. Hishomdan yana koʻchmas mulklar, bogʻu rogʻlar va boshqa boyliklar ham qolgan).
Oradan bir muddat oʻtgach, Umar ibn Abdulaziz rahimahullohning oʻgʻillaridan birini koʻrdim. U yigit otasidan bir dirhamdan kamroq meros olgan edi. Shu yigit oʻz molidan Alloh yoʻlida jang qilish uchun yuzta chavandozni ot-ulov, kiyim-kechak, oziq-ovqat bilan taʼminlaganini koʻrdim.
Yana Hishom ibn Abdulmalikning oʻgʻillaridan birini ham koʻrdim. U qoʻlini ochib, odamlardan “Sadaqa beringlar!” deb sadaqa soʻrayotgan edi”.
Otasidan millionlab dinorlarni meros qilib olgan oʻgʻilning ahvolini koʻring!
“Nozimjon Hoshimjon” kanalidan olindi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”