Qanday mashgʻulot sizni koʻproq qiziqtiradi? Arzimas koʻringan kichik «hobbi”ngiz tufayli kelajakda katta mavqeʼga erishishingiz yoki suygan mashgʻulotingizga eʼtibor bermay, bir umr yoqtirmagan ishingiz bilan shugʻullanib oʻtishingiz mumkin.
Buning oldini olish uchun quyida taklif etilayotgan mulohazalarni diqqat bilan oʻqing. Maʼqul kelganini «+” bilan belgilang.
1. Menga spektaklni tomosha qilishdan koʻra, unda ishtirok etish yoqadi.
2. Xonaki hayvonlar boqishni yaxshi koʻraman.
3. Hamma ishni oʻzim qilgim keladi.
4. Telefonda suhbatlashish — mening sevimli ishim.
5. Har qanday sharoitda ham oʻz fikrimda qolishga harakat qilaman.
6. Jamoada ishlashni xush koʻraman.
7. Tabiat bilan jiddiy qiziqaman.
8. Ish kundaligimga koʻpincha rasm chiqaman.
9. Mening yozuvim chiroyli.
10. Kuygan chiroqni oson almashtira va tuzata olaman.
11. Atrofdagilar meni optimist deb hisoblashadi.
12. Biror narsa yasashni yaxshi koʻraman.
13. Qoʻlimga ilingan har qanday texnikani kavlashtirib, ichidagi temir-tersaklar qanday joylashganini bilishga qiziqaman.
14. Ish stolim yogʻ tushsa yalagudek toza va tartibli turadi.
15. Koʻpincha hayol surib, tasavvurimda nimalarnidir kashf qilaman.
16. Krossvordlar yechishga yaxshigina qobiliyatim bor.
17. Devorga u – bu narsa osish uchun birovga yalinib oʻtirmayman. Mix va bolgʻani oʻzim ham bemalol ishlata olaman.
18. Jamoa boʻlib oʻynaladigan sport turlari koʻproq eʼtiborimni tortadi.
19. Aniq fanlar — men uchun.
20. Insonlarga yordam berish uchun yaralganman.
21. Menda biror muammo paydo boʻlsa, maslahat soʻrashdan tortinmayman.
22. Imkon qadar mustaqil boʻlishga harakat qilaman.
23. Hech kimga tobe boʻlmay ishlashni maʼqul koʻraman.
24. Menga nafas siqadigan xonada emas, tabiat qoʻynida boʻlish koʻproq yoqadi.
25. Maktabda boshqa fanlarga qaraganda biologiyadan yaxshi oʻqirdim.
26. Meni olifta deb hisoblashadi.
27. Hech kimga aytolmagan fikrlarimni kundalikka tushiraman.
28. Siyosiy arbob boʻlishni orzu qilaman.
29. Ensiklopediya oʻqish — sevimli mutolaam.
30. Koʻpincha atrofdagilarga maslahat beraman.
L H P A K
2 1 24 25 28
4 26 12 16 22
6 15 17 29 30
18 11 3 7 5
20 8 19 13 14
21 27 23 10 9
Sizga manzur boʻlgan mulohazalarni ushbu jadvaldagi raqamlar ustidan belgilang. Har bir ustundagi belgilangan raqamlar sonini sanab chiqing. Soʻng qaysi ustundagi sonlar koʻproq belgilanganiga qarab, qayerda nima bilan shugʻullanishingiz mumkinligini aniqlashingiz mumkin.
L – siz odam taniy olasiz. Sershovqin davralarda boʻlishni yoqtirasiz. Yaqinlaringiz sizga telefonda yotvolib suhbatlashadigan va hech kimga gap bermaydigan inson deb taʼrif berishadi. Maktabda siz doim tashkiliy ishlar boshida turgansiz. Oʻshandan buyon tantanali marosimlar hayotingizda muhim oʻrin egallagan. Shuning uchun hech ikkilanmay aytish mumkinki, odamlar bilan ishlash aynan siz uchun.
Qanday kasblarni tanlashingiz mumkin? Reklama vakili, menejer, prodyuser, psixolog, vrach, oʻqituvchi, jurnalist.
H – didingiz nozikligi hammaga maʼlum. Shuning uchun atrofdagilar doim sizga quloq soladi. Miyangizda misli koʻrilmagan gʻoyalar gʻij-gʻij. Hamisha yangi latifa yoki qiziq hikoya aytib bera olasiz. Sizni hayol surib oʻtirgan holda tez-tez uchratish mumkin, chunki haqiqiy ijodkorsiz.
Qanday kasblarni tanlashingiz mumkin? Dizayner, sanʼatkor, vizajist.
P – biror ishni boshlashdan avval, hammasini aql tarozisida oʻlchab koʻrmaguncha koʻnglingiz joyiga tushmaydi. Yoʻlingizda nimaiki uchrasa, uni sanʼat asariga aylantirishga intilasiz. Qoʻlingizga tushgan har qanday narsa gʻaroyib shakl kasb etadi. Sizdagi bu ishtiyoq, ayniqsa, tabiat qoʻynida ikki karra ortadi. Shuning uchun toza havoda koʻproq boʻlishingizga imkon beradigan soha — toza havoda koʻproq boʻlishingizga imkon beradigan sohani tanlab, sehrli qoʻllaringizni istagancha ishga soling.
Qaysi kasblarni tanlashingiz mumkin? Fitodizayner, kosmetolog, interyer boʻyicha dizayner, fermer, veterinar, arxitektor, trener.
A — har qanday narsani tuzata oladigan odam sifatida mashhursiz. Toʻgʻri-da, necha marta qoʻlingizga tushgan buyumlarni ochib koʻrib, qismlarga ajratib chiqqansiz. Qiziquvchanligingiz ajoyib burningizni har joyga suqishingizga undaydi. Bundan siz hech xijolat tortmaysiz. Chunki sizni barcha yangi va nomaʼlum narsalar oʻziga ohanraboday tortadi.
Qaysi kasblarni tanlashingiz mumkin? Xususiy izquvar, psixoamalitik , yurist, marketolog, ekolog, tekshiruvchi, sinovchi.
K — sizda yetakchi boʻlishga hamma narsa bor. Ehtimol, maktabda sinf sardori yoki oʻquv komitetining raisi boʻlgandirsiz. Atrofdagilarga taʼsir oʻtkazish va tashkiliy ishlarga jalb qila olish qobiliyatingiz tufayli misli koʻrilmagan choʻqqilarni zabt etishingiz mumkin. Siz uchun eng yaxshi yoʻl – rahbarlik.
Qaysi kasblarni tanlashingiz mumkin? Siyosatchi, korxona egasi, advokat, firma direktori, prezident.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”