00:36 / 30.08.2018
8 437

Munajjimlar bashorati: 30 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 30 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

Bugun kuningiz jismoniy zoʻriqishlarga boy boʻlishi kutilmoqda. Shuni hisobga olib oʻzingizda bor kuch va imkoniyatlarni tejashga harakat qiling. Aks holda kechqurunga borib jismoniy holatingiz achinarli koʻrinishga kelib qolishi mumkin. Boshqa uyga koʻchib oʻtish, uyni taʼmirlash va yangi ishga joylashish amallari muvaffaqiyatli kechadi. Oilasizlar qoʻrqoqlik qilib qoʻymasalar, kechqurun ular hayotida ajoyib bir inson paydo boʻlishi mumkin.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

30 avgust kuni ish koʻp boʻladi. Lekin barcha majburiyatlarni oʻz zimmangizga olishdan saqlaning. Yoʻqsa, ogʻir yuk sizni albatta toliqtirishi, oqibatda oʻzingizni lohas his eta boshlashingiz hech gap emas. Oilaviy ahvolingiz qarindoshlardan birining sharofati bilan yanada mustahkamlanish pallasiga kiradi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etish yoʻlida ikkilanishlarga erk bermang. Oʻzingizni ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugun tafakkurni ishga soladigan kun. Siz uning koʻmagidagina mavqe, obroʻ, malaka pillapoyasida yanada yuqorilashingiz mumkin. Sizni hamisha qoʻllab-quvvatlashga shay turuvchilardan yordamingizni ayamang. Kun davomida ayrimlar qisqa manzilga safar qilishlari, doʻstlar bilan uchrashib, dildan suhbat qurishlari kutiladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ovqatlanishda meʼyorni unutmang.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

30 avgustda kimdir eng yaqin doʻstini yomon odamlardan himoya qilishga oshiqadi. Ehtiyot boʻling. Aks holda oʻzingiz ham yomonlik oʻljasiga aylanib qolmang. Shuning uchun himoyani soʻzlar yordamida amalga oshirsangiz, maʼqulroq boʻladi. Moddiy ahvolingiz kechqurunga borib yaxshilanishi mumkin. Ammo moʻmay daromaddan baribir umid qilmaganingiz yaxshi. Xudo berganiga shukr qila turing. Salomatlikni mustahkamlash payida boʻling, asabni asrang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Yulduzlar bugun ertalabdan oldingizga aniq maqsadlarni qoʻygan holda ish boshlashingizni maslahat berishadi. Shunda qarshingizda favqulodda paydo boʻladigan toʻsiqlarni yengib oʻtishingiz oson kechadi. Ishxonadagi pozitsiyangizni mustahkamlashga eʼtibor qarating. Kunning ikkinchi yarmida sizga moʻmay daromad keltiruvchi ishni bajarishda hamkorlik taklif etishlari mumkin. Oilangizda sokinlik va ahillik kuzatiladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

30 avgust kuni uzoq vaqt xayol surish, fikrlashdan tiyiling. Illyuziyani bir chetga suring-da, amaliy ishga oʻting. Ish joyingizda, oilada, mahallada obroʻyingiz oshishi uchun kun boʻyi yelib-yugurishingizga toʻgʻri keladi. Shaxsiy hayotingizda muammolar koʻzga tashlanmaydi. Surunkali xastalikka chalingan boʻlsangiz, atmosferada davom etayotgan magnit boʻronlaridan oʻzingizni himoya qiling. Dori-darmonni oʻz vaqtida ichishga harakat qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Birovlardan koʻmak, adolat kutish oʻrniga shaxsingizni mustahkamlash uchun xizmat qiluvchi harakatlar sodir eting. Barcha jabhalarda yon berishga harakat qiling. Ayniqsa, bu qarindoshlar bilan oʻzaro munosabatlarda oʻz aksini topgani maʼqul. Kunning ikkinchi yarmida doʻstlaringizdan biri sizga serdaromad ish taklif etishi mumkin. Ayrimlar kechqurun olis safarga otlanishlari ham ehtimoldan xoli emas.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

30 avgustda qaysarlik, haqiqatparvarlik kabi odatlar ishda ham, shaxsiy hayotda ham sizga qarshi ishlashi kutiladi. Bu kimlar bilandir katta janjallarga ham sababchi boʻlishi mumkin. Muhim hujjatlarga imzo chekish zarurati tugʻilsa, sergaklikni oshiring, aldanib qolishdan, chuv tushishdan saqlaning. Ayrim qondoshlar oʻz manfaatini koʻzlab sizga sunʼiy tarzda tuhmat uyushtirishi ham hech gap emas. Oʻzingizni xuddi shunaqangi badniyatlardan saqlash payida boʻling.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

Kunning birinchi yarmida yangi tanishuvlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Ular siz haqingizda iliq taassurotga ega boʻlishlari uchun harakat qiling. Moliyaviy muammolar koʻndalang turadi. Ularni ijobiy hal etishda xayolparastlik faqat ziyon keltiradi. Siz astoydil ishlashingiz kerak. Pul topish yoʻlida ham tafakkur, ham qoʻlni ishga solsangiz, shirin xayollaringiz haqiqatga aylanadi. Busiz toʻkislikka erisha olmaysiz.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

30 avgust kuni shaxsiy hayotingizda jiddiy muammolar tugʻilishidan ehtiyot boʻling. Bu qarindoshlar orasidagi gʻiybatlar, hasad va hurmatsizliklar hosilasi boʻlishi tabiiy hol. Aqlni ishga soling-u, ish bilan band boʻling. Tabiat qoʻynida dam olish, madaniy tadbirlarda ishtirok etish ham sizni vaqtinchalik mushkulotlardan chalgʻitadi va salomatligingiz mustahkamlana boradi. Kechqurun xonadoningizda kichik oilaviy bayram yuzaga kelish ehtimoli bor.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

Oila qurishga ulgurmagan doʻstlarimiz kunning birinchi yarmini zerikish, qaygʻurish bilan oʻtkazishlari mumkin. Bu holat tanlagan insoningiz va sizning orangizdagi munosabatlar sovuqlasha boshlagani sababli kuzatilishi mumkin. Kuch-quvvat va imkoniyatlar sizda keragicha topiladi. Faqat ularni kerakli yoʻnalishga toʻgʻri yetaklay olsangiz bas, omadning oʻzi sizni qidirib keladi. Bugun parhez va ichkilikdan butkul voz kechish kabilar muvaffaqiyatli kechadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

30 avgust kuni jami yumushlarni bir nafasdayoq ado etishga erishishingiz tayin. Moddiy ahvolingiz shu qadar yaxshi kechadiki, qarzlarni ham uzib, qushdek yengil tortasiz. Agar oila qurmaganlar tanlaganiga nimanidir vaʼda qilgan boʻlishsa, ado etishlari kerak. Aks holda munosabatlarga putur yetishi mumkin. Maʼnan yuksalishga yoʻnaltirilgan mashgʻulotlar xayrli kechadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 30 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?