18:48 / 01.09.2018
8 030

Har qanday maqsadga erishishning sodda yoʻriqnomasi (foto)

Har qanday maqsadga erishishning sodda yoʻriqnomasi (foto)
Sizga kerak boʻlgan narsa bu – yaxshi reja va botirlik. Boshlashdan avval nima haqida bilish kerak?

1. Shunday narsalar boʻladiki, ularga erishish imkonsiz. Rok-yulduzga aylanish, taniqli futbolchiga turmushga chiqish, tunda aynan oʻsha muzqaymoqni yeyish uchun butun shaharni kezib chiqish - bularning barini haqiqiy hayotda boshdan kechirishdan koʻra tasavvur etish ancha yoqimli.

2. Baʼzida esa istaklar aslida sizniki boʻlmaydi. Masalan, otangiz siz bilan faxrlanishi uchun muvaffaqiyatli advokat boʻlishni istaysiz.

3. Maqsadga erishish siz kutgan qoniqishni taʼminlamaydi. U amalga oshgach, siz orzu qilgan darajadagi xursandchilikni his etmaysiz. Baxt miqdori va davomiyligi boʻyicha tasavvurlarni boʻrttirishga moyilmiz.

Oʻz maqsadingiz sari kurashga kirishishdan avval bu haqida oʻylang. Aks holda bir necha yil yoki hayotning yarmini besamar oʻtkazishingiz mumkin.

Maqsadlarga qanday erishish mumkin?

Foto: Pixabay
Aslida nimani istashingizni aniqlang

Baʼzida aslida nima istashimizni bilmaymiz. Xohishlarimizning koʻpchiligi norozilik sabab tugʻiladi va quyidagicha boʻladi: “Nima istashimni bilmayman, biroq aniq buni emas”.

Siz haqiqatan ham oʻzingiz uchun ishlashni xohlaysizmi yoki bor-yoʻgʻi ishingizdan charchadingizmi?

Nima istashingizni aniq biling. Xohlagan narsangizga erishgan holatingizni batafsil tasavvur eting. Nafaqat ijobiy, balki salbiy jihatlarini baholang. Ular doim mavjud. Bunda nimani his qilyapsiz?

Bir-biriga zid istaklarni chiqarib tashlang

“Chiroyli formada boʻlishni istayman. Sport bilan shugʻullanishni yoqtirmayman”.

Barcha teskari istaklar qulaylik zonasidan chiqishni istamaslikka bogʻliq: mashqlar, yangi ish yoki xobbi.

Maqsadga erishish uchun nima qilish kerakligini oʻylab koʻring. Buni bajarmaslik mavjud emasligini ham tekshiring.

Foto: Pixabay
Siz intilayotgan narsaga oʻzgalar qanday erishganini oʻrganing

Ilgari hech kim uddalay olmagan narsaga erishishni istamasangiz kerak. Oʻz maqsadlaringizga erishish uchun oʻzgalarning tajribasidan foydalaning. Buni allaqachon bajargan odamlarni internetdan toping: marafonni yugurib oʻtgan, katta pul ishlab topgan, istalgan sport turi boʻyicha musobaqada gʻolib boʻlgan yoki uchta tilni oʻrgangan kishilar.

Agar biror kishi avtobiografiya yoki maslahatlar berilgan kitob yozgan boʻlsa, undan foydalaning. Yoki bevosita maslahat olish uchun uning oʻzi bilan bogʻlaning.

Yaxshi reja tuzing

Sizga berilgan maslahatlardan oddiy reja tuzing. Tasavvur qiling, xuddi hech narsadan qoʻrqmay va iroda kuchi bilan istagingizga erishdingiz.

Endi esa ongingizning qoʻrqoq qismi bu rejani oʻzgartirayotganini kuzating.

Agar dastlabki rejani oʻzgartirishga harakat qilsangiz, unda noqulay holatlar umuman boʻlmasligiga urinsangiz, qiyinchiliklardan qochish hissi gʻolib boʻlishga harakat qiladi. Rejangiz dastlabkisidan uzoqlashgani sayin maqsadga erishish imkoniyati kamayadi.

Foto: Pixabay
Zarur boʻlsa, rejaga oʻzgarishlar kiriting

Demak, sizda reja bor. Unga muvofiq tarzda harakat qilishni boshladingiz. Agar rivojlanayotgan boʻlsangiz, harakatni davom ettiring. Agar yoʻq boʻlsa, oʻzingizga toʻrt savol bering:

Rejaga amal qilyapmanmi? Agar “yoʻq” deb javob bersangiz, unga amal qilishni boshlang.

Rejaning oʻzgartirilishi kerak boʻlgan qismi bormi? Agar bor boʻlsa, oʻzgartiring.

Endilikda men bilgan barcha narsalarni hisobga olsak, menga boshqa reja kerakmi? Agar shunday boʻlsa, joriy vaziyatga mos keladigan taktikani ishlab chiqing.

Men maqsadimga erishish mumkin deb hisoblaymanmi? U menga kerakmi? Agar “ha” boʻlsa, uni tashlab, boshqa mashgʻulot bilan shugʻullaning.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Har qanday maqsadga erishishning sodda yoʻriqnomasi (foto)