08:30 / 05.09.2018
10 392

Pul bilan qanday muomala qilish kerak? Uni oʻrganish uchun oʻqishga arziydigan 8 kitob (foto)

Pul bilan qanday muomala qilish kerak? Uni oʻrganish uchun oʻqishga arziydigan 8 kitob (foto)
Soʻnggi yillarda chiqqan ushbu kitoblar sizga byudjetni rejalashtirish, aql bilan investitsiya kiritish, bemaʼni xarajatlar qilmaslik va moliyaviy maqsadlarga erishishda yordam beradi.

1. “Pulning psixologik qopqoni”, Geri Belski, Tomas Gilovich

Pulni ishlab topish – ishning yarmi. Ikkinchisi –pulni toʻgʻri sarflash. Aqlsiz xarajatlarga olib boradigan bir xil xatolar qilamiz. Bu kitobdan his-tuygʻu, xulq-atvor va jamiyat moliyaviy qarorlar qabul qilishga qanday taʼsir qilishi haqida bilib olasiz. Xulq-atvor iqtisodiyotini bilish oʻzingiz va xarajatlaringizni nazorat qilishda yordam beradi.

2. “Moliyaviy kundalik. Pulni tartibga solish”, Aleksey Gerasimov

Nazariyadan tajribaga oʻtamiz. Bu kundalik moliyaviy xulq-atvoringizni kuzatishda yordam beradi: omonatlarni rejalashtirish, kirim va chiqim hisobini yuritib, ularni tahlil qilish. Kundalik uch oyga moʻljallangan. Bu vaqt orasida shaxsiy moliyangizga tegishli boʻlgan barcha maʼlumotlarni yozishga oʻrgangansiz.

Keyin oʻsha jadvallarni oddiy daftarga yozib, matnli faylda hisob-kitobni yurita olasiz. Mohiyat – har kuni raqamlarni yozish orqali oʻz moliyaviy maqsadlaringizni yaxshiroq koʻrib, ularga doimiy ravishda harakat qilishda.

3. “Pul qayerga ketadi? Oila byudjetini aql bilan boshqarish”, Yuliya Saxarovskaya

Bu kitob har oy pul qayerga ketdi deb hayron boʻladiganlar uchun. Moliya boʻyicha maslahatchi va investor Yuliya Saxarovskaya oʻzining joriy holatini bilish, xarajatlarni optimallashtirish, kelajakda oila byudjeti va moliyaviy rejani tuzish. Bularning bari – hayotiy misollar va xatolarni tahlil qilish. Pulni qayerda saqlash, qayerga sarmoya kiritish, nafaqaga moliyaviy taʼminlangan odam boʻlish haqida bilib olasiz.

4. “Hamyon va hayot”, Viki Robin

Ishlashmi yoki yashash, yashashmi ishlash – doimiy masala. Javob kundek ravshandek koʻrinadi. Biroq shunga qaramay, koʻpchilik umrini barcha xursandchiliklar haqida unutib, pul ortidan quvib, oʻtkazadi. Viki Robinning kitobi moddiy qadriyatlarga oʻz munosabatini qayta koʻrib, moliyaviy mustaqillikka erishishda yordam beradi.

5. “Shaxsiy boylik: Koʻpaytirish, himoya qilish, egalik qilish”, Styuart Lukas

Lotereyaga katta pul yutib olib, uni sarflab yuborib, avvalgi hayot tarziga qaytgan odamlar haqida eshitgan boʻlsangiz kerak. Bu uzoq muddatli strategiya va mablagʻni aql bilan boshqarish koʻnikmasi uchun yorqin misol. Koʻpchiligimizga bu muammo tanish.

Kitob muallifi Styuart Lukas nafaqat moliyaviy maslahatchi, uning oʻzi ham Carnation oilaviy kompaniyasini boshqaradi. U kitobxonlarga mablagʻni koʻpaytirish, oʻz boyligini himoya qilish, yoʻqotishlarsiz sarmoya kiritish, maslahatchini tanlash va rejalashtirishda koʻplab xatolarni bartaraf etish haqida gapirib beradi.

6. “Pulning sirli tili.Aqlli moliyaviy qarorlarni qabul qilish”, Devid Kryuger

Pul qancha koʻp boʻlsa, moliyaviy muammolar shuncha koʻpayadi. Biz koʻproq pul sarflaymiz, jahlimiz chiqadi va pul tufayli xafa boʻlamiz, aqlsiz xaridlar qilamiz. Devid Kryuger pulga nisbatan sogʻlom munosabatni shakllantirish va ularni aql bilan boshqarish haqida gapirib beradi. Bu oʻz moliyaviy holatini yaxshilashni istaydigan, biroq buni qanday amalga oshirishni bilmaydiganlar uchun qiziq qoʻllanma.

7. “Yoʻqotma! «Ota” Kiyosaki nima haqida aytmagan?», Isaak Bekker

Kitob oʻz boyligini oshirish haqida. Bu professional moliyaviy maslahatchi tomonidan yirik sarmoya kiritishni rejalashtirayotgan kitobxonlarga berilgan foydali maslahatlar toʻplami. Pulni saqlashning turli instrumentlarining ijobiy va salbiy tomonlari hamda pulni sarmoya qilish haqida batafsil yozilgan: depozit, obligatsiya, aksiya, sugʻurtalash va fondlar.

8. “Pullarning gʻolibligi”, Nial Fergyuson

Bu kitob roʻyxatdagi kitoblardan farq qiladi. Unda siz amaliy maslahatlarni topmaysiz. Bu kitob pul nima ekani, qadimdan bugungi kungacha qanday yoʻlni bosib oʻtgani haqida. Dunyoning moliyaviy tarixi iqtisodiy jarayonlar haqidagi fikrlar va qaysi voqealar iqtisodiy inqirozlarga olib borishini koʻrsatadi. Sizni qiziqarli bayon va koʻplab faktlar kutadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Pul bilan qanday muomala qilish kerak? Uni oʻrganish uchun oʻqishga arziydigan 8 kitob (foto)