Siz oʻzingizni hazil-mutoyibaga munosabatingiz qandayligini bilasizmi? Bunga munajjimlar qanday javob beradi? Keling, yaxshisi quyidagi maʼlumotlarni oʻqib oʻzimiz bilib olamiz.
QOʻY
Bu burj vakillari “kosa tagida nim kosa” kabi nozik hazil, piching gaplar qilishni u qadar eplay olishmaydi. Bunday oʻyinlar ular uchun shunchaki qiziq emas. Qoʻylar koʻpincha boshqalar uchun qiziq boʻlmagan narsadan kulgi topishlari mumkin.
BUZOQ
Buzoqlar koʻpincha jiddiy qiyofada yurishadi, biroq bu ularning hazilga tobi yoʻq, degani emas. Ular hazil va kulgiga oʻta oʻch odamlardir. Shunchaki ular meʼyorni va qayerda hazil qilish mumkinligining oʻrnini bilib qoʻllaydilar.
EGIZAKLAR
Egizaklar hazil bilan yolgʻonni shunchalar qalashtirib tashlaydilarki, oxir-oqibat, ular orasidan oʻzlari ham haqiqatni topa olmay qoladilar. Ular bir mutoyibani boshladimi, toʻxtatish amri mahol. Egizaklar uchun jiddiylik begona.
QISQICHBAQA
Qisqichbaqalar hazil-mutoyibani doim joyida qoʻllaydilar. Doʻstlar davrasimi, hamkasblar yigʻilishimi, ularning latifalarisiz oʻtmaydi. Qisqichbaqalar boʻlar-boʻlmasga koʻp gapiravermaydilar, ularning mutoyibalari tesha tegmaganlaridan boʻladi.
ARSLON
Arslonlar koʻpincha soʻzga chechan boʻladilar. Ular “gap egasini topadi” degandek, suhbatdoshni xafa qilmay, ustidan kulib ketishlari ham mumkin. Ular bilan hazillashish xavfli. Arslonlar sizning gapingizni oʻzingizga qarshi qoʻllab, ustingizdan kulib ketishlari mumkin.
PARIZOD
Parizodlar hazilni koʻtara olmaydigan pessimist shaxslardir. Ular kamdan-kam hollarda hazil qiladilar, ammo nishonga aniq uradilar. Parizodlarni kuldirish ham oson emas.
TAROZU
Bu burj vakillari oʻzlariga doim aʼlo baho beradilar. Ular aytgan latifalari orqali oʻzlarini qanchalar aqlli va dono ekanliklarini ham namoyon etishni istashadi. Shuning uchun ham, koʻpchilik darrov anglay olmaydigan latifalarni tanlashadi.
CHAYON
Chayonlar har qanday vaziyatda kulgiga sabab topa oladigan aql egalaridir. Ular tanqidlarini ham “qogʻozga oʻrab”, hazil bilan yetkazadilar. Shuning uchun gohida ular jiddiy gapiryaptimi yoki hazillashyaptimi, farqlash qiyin.
OʻQOTAR
Oʻqotarlar bir gapirib, oʻn kuladigan odamlar sirasidan. Aytgan latifalari boshqalarga qiziq tuyulmasa-da, oʻzlari xumordan chiqib kulib-kulib oladilar. Agar boshligʻingiz Oʻqotar boʻlsa, uning oddiy latifalariga ham qahqaha bilan javob berishga majbursiz, aks holda…
TOGʻ ECHKISI
Togʻ echkisi deyarli hazil qilmaydi. Shunday ekan, uning har qanday gapiga jiddiy munosabat bildiravering. Gohida uning latifalarida ham kimgadir saboq berish maqsadi yotadi.
QOVGʻA
Qovgʻalar mutoyibaga oʻch shaxslardir. Ular doim optimistik kayfiyatda yuradilar. Suhbat davomida ularga latifalarning oʻzi quyulib kelaveradi. Ularni toʻxtatishga urinish befoyda.
BALIQLAR
Baliq burji vakillari orasida hazilkashlar kamdan-kam uchraydi. Ular suhbatdoshini kuldirishni eplay olmaydi. Lekin boshqalarning mutoyibalarini jon qulogʻi bilan tinglaydilar. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi