
Birinchi farzandi dunyoga kelganda u oʻgʻlini halol, yetuk, komil inson boʻlsin deya Komil deb ism qoʻydi. Oradan ikki yil oʻtar-oʻtmas ikkinchi farzandi ham tugʻildi. U ikkinchi farzandiga Umid degan ism tanladi. U farzandlarini bilim olishiga jiddiy eʼtibor qaratardi.
Oradan yillar oʻtib katta oʻgʻli oʻqituvchi, kichigi esa fizik olim sifatida nom qozondi. Biroq, kutilmaganda katta oʻgʻli pora bilan qoʻlga tushib qamalib ketdi. Oradan hech qancha vaqt oʻtmay kichik oʻgʻli ham qandaydir ayolga ilakshib oilasini tashlab butunlay ketib qoldi. U otasiz qolgan nabiralariga qarab unsiz yigʻlardi. U ikki farzandini hech kimdan kam qilmay, bilimli qilib oʻstirdi, biroq ularga xudoni tanitmagan edi.
Oqil TOʻRAQUL
Manba: Azon.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar