22:43 / 18.09.2018
8 237

Suratlardan birini tanlang va qanday suhbatdosh ekanligingizni bilib oling

Suratlardan birini tanlang va qanday suhbatdosh ekanligingizni bilib oling
1. Koʻk atirgul. Qaysidir ertakda koʻk atirgul haqiqat timsoli sifatida gavdalantirilgan. Oʻsha atirgulni koʻrgan har qanday inson haqiqatni va faqat haqiqatni gapirishni boshlagan. Koʻk atirgulni tanlabsizmi demak siz rostgoʻy insonsiz. Siz bilan suhbatlashish yoqimli. Maqtanmaysiz, gapni boʻlmaysiz, eshitishni va qayerda nima deyishni yaxshi bilasiz. Atirgul – gullar qirolichasi hisoblanadi. Siz ham oliy nasab insonlardek nomus bilan gaplashasiz, muloqotga kirishuvchan, diqqat-eʼtiborlisiz, sizda hazil hissi yaxshi rivojlangan. Juda yaxshi suhbatdoshsiz.

2. Koʻk oqshom, derazalarda chiroq yoniq, havorang vagon yeldek uchib, chayqalmoqda. Juda qulay va shinam holat. Siz bilan suhbatlashish ham huddi shunday. Nutqingiz xotirjam va maʼnoli, suhbatni kerakli oqimga yoʻnaltirishni bilasiz. Ovozingiz juda yoqimli va kulishingiz chiroyli. Gapirishingiz yoqimli. Qisqa ammo hayratlanarli hikoya soʻzlab bera olasiz. Taʼkid va izohlaringiz doim oʻrinli. Suhbatni qoʻllab-quvvatlash va vaqtida tugata olish qobilyatingiz bor. Maftunkor suhbatdoshsiz.

3. Sariq derazali koʻk devor. Mehribon va rahmdil suhbatdoshsiz. Doim qoʻllab-quvvatlaysiz, hamdard boʻlasiz, tasalli berasiz va yashashga ilhomlantira olasiz. Siz bilan odamlar ochiq-oydin suhbatlashishadi. Ular mehringiz va hamdardligingizni his qilishadi. Doim insonlarga yordam bergingiz keladi. Aqllisiz. Xotirangiz kuchli. Boshqa bir inson oʻzini yaxshi his qilishi uchun doim nima deyishni va qanday maslahat berishni bilasiz. Jonkuyar suhbatdoshsiz.

4. Sirli koʻk oʻrmon. Biroz qoʻrqinchli, ammo chiroyli. Huddi sizning suhbatlashish uslubingizdek. Siz bilimdon, qoʻpol, yorqin suhbatdoshsiz. Oʻtkir mavzularda suhbatlashishni sevasiz, aqlli inson bilan bahslashishni yoqtirasiz. Hayratlanarli dalillarni keltirib, kutilmagan isbotlarni tayyorlab qoʻyishni uddalaysiz. Siz bilan suhbatlashish – har kimga ham emas. Lekin sizni tinglash – haqiqiy rohatning oʻzginasi. Soʻz ustasisiz. Aqlli va emotsional suhbatdoshsiz.

5. Koʻk toʻlqin. Ishonch bilan ayta olamizki siz bilan odam zerikmaydi hisob. Va siz bilan inson har doim ham oʻzini qulay his qilmaydi. Suhbatda kayfiyatingiz tez-tez oʻzgarib turadi. Impulsiv insonsiz. Romantik kayfiyat tezda skeptikiga oʻrin almashib pessimistik kayfiyatga oʻtib ketadi. Quvnoq suhbat eng qizgʻin nuqtasida ham birdan jahl otiga minib olishingiz mumkin. Huddi dengizga oʻxshaysiz. Bazan sokin va maftunkor, bazan undanda goʻzal deyarli havfli boʻron. Emotsional suhbatdoshsiz.

6. Oʻzga sayyoralik, siyoh, rang, koinot, kaftda koʻk yer shari. Introvertmisiz? Yoki gapirishdan koʻra tinglashni koʻproq yoqtirasizmi? Odamlar sizni har doim ham tushinishmaydi. Oʻzingizni dunyoga tushintirishga unchalik harakat ham qilmaysiz. Sizning oʻz dunyoingiz bor. Shaxsiy. Oʻz qonun va qoidalari ega. Unga kimdir kirishga harakat qilishini yoqtirmaysiz. Yopiq insonsiz. Oʻylashni, ijod va tafakkur qilishni yoqtirasiz. Muloqotdan tez charchaysiz. Tezroq ketgingiz keladi. Sizni ushlab qolishga kamdan kam harakat qilishadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Suratlardan birini tanlang va qanday suhbatdosh ekanligingizni bilib oling