Bir insonning bu dunyodan ketganda volidasi,
Aslo koʻz yosh toʻkmabdi u – qotganmikan diydasi?
Lekin doʻsti aroq ichsa, yigʻlarmish uvvos solib,
Doʻstiga koʻp yigʻi qilmish, oʻlgan onasi qolib.
Odamlar ham aytar emish: “Bu bir ahmoq yo majnun,
Oʻlganga hech yigʻlamas-u, tirikka yigʻlar nechun?
Senda nomus bormi oʻzi, shumi oqibat, hayhot,
Onang oʻldi, lekin doʻsting mana – hayot”.
“Birodarlar, bilsangizdi onamning hayotini,
Baxt kelganda shukrini-yu, dard kelsa sabotini.
Har qadamda bilar edi oʻzligin ojiz banda,
Shul sababdan ibodatni qilardi, qilmay kanda.
Inshaalloh, obod boʻlsa onamning oxirati,
Bunday buyuk neʼmat uchun yoʻq yigʻining hojati.
Doʻstim oʻlib boʻlibdi lek, tiriklik chogʻidayoq,
Iymon ketar bu holatga yigʻlamayin men qandoq?!”
Ha, azizlar, zamonimas oʻlganlarga yigʻlashning,
Tirilmaydi, foydasi yoʻq yurak bagʻir tigʻlashning.
Asli, yigʻlash lozim boʻldi tirik vijdonsizlarga,
Ham ularga, ham sizlarga, hamda biz “azizlar”ga!
Yolqin MUQIMOV
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?