Ushbu qushlardan oʻzingizga yoqqanini tanlang va xarakteringizning asosiy jihatlarini bilib oling.
1. Kuzgi ukki, toʻlin oy
Siz – yorqin, kuchli shaxssiz. Bir ishni bajarishdan avval oqibatlari haqida oʻylaysiz. Siz uchun jarayon emas, uning natijasi muhimdir. Siz biror narsa bilan shunchaki qiziqish yoki istaklaringiz tufayli shugʻullanmaysiz, uning natijasi nimalarga olib borishini aniq bilishingiz kerak. Agarda ishning oxiri muvaffaqiyatga olib borishiga ishonsangiz, bunga vaqtingiz, kuchingiz va barcha vositalaringizni jalb qilasiz. Agarda bunda ishonchingiz komil boʻlmasa, siz bu ishni boshlamaysiz ham.
2. Qishki ukki, kattalashayotgan oy
Siz boy tasavvur, rivojlangan intuitsiyaga egasiz, siz ijodkor shaxssiz. Siz hazil qilishni va yaxshi hazillarga kulishni yoqtirasiz, yorqin tomoshalarni va odamlar orasida boʻlishni yaxshi koʻrasiz. Ammo oʻz ichki olamingizga boshqalarni yaqinlashtirmaysiz. Qandaydur emotsiyalar bilan boʻlishish – bemalol! Oʻz ikkilanishlaringiz va qoʻrquvlaringiz haqida esa hech qachon ogʻiz ochmaysiz. Oʻz qoidalaringizga koʻra yashaysiz, boshqalarga yot boʻlgan prinsiplaringiz va qadriyatlaringiz bor. Oʻzingizni aqlli inson deb hisoblaysiz va bu aynan shunday.
3. Bahor ukkisi, qaytayotgan oy
Siz biroz romantik va hissiyotlarga beriluvchansiz. Sizga insonlarning iliq qalbiga mahliyo boʻlish yoqadi. Siz janjallar, kuchli tortishuvlardan oʻzingizni olib qochasiz, qoʻpollik siz uchun emas. Oʻzingizning haqligingizni isbotlash va nuqtai nazaringizni singdirishdan koʻra chetga qochishni xush koʻrasiz. Yurak tubida siz taʼsirchan va emotsional inson ekanligingizni hamma ham bilmaydi. Boshqalarga oʻz qaygʻularingizni koʻrsatmaysiz. Atrofdagilar sizni biroz dimogʻdor va kek saqlaydigan deb oʻylashadi. Ammo siz shunchaki, oʻzingizni himoya qilish va hurmat qilishni bilasiz, koʻnglingizni qoldirgan inson bilan boshqa munosabat qilmaslikka harakat qilasiz. Siz niqobdagi insonsiz.
4. Yoz ukkisi, oy tutilishi
Siz oʻz qalbingiz tozaligini xarakteringizning, tabiatingizning yashovchanligini saqlab qola olgansiz. Yoshingizning ahamiyati yoʻq, siz hali ham bolasiz. Siz ochiq, rostgoʻy, qaysar va biroz erkasiz. Siz yoqimtoy shaxssiz. Sokinlikdan zavqlanasiz, ammo yolgʻizlikni yoqtirmaysiz. Siz mehribonsiz, ammo birovni besabab xafa qilib qoʻyishingiz ham mumkin. Kechirim soʻrashni yoqtirmaysiz, oʻzingizni adolatli inson deb hisoblasangiz ham. Oʻz xatti – harakatlaringizni doim oqlay olasiz, xulosa chiqarish – siz uchun emas. Siz yorqin va toʻgʻri yashashni istaysiz. Vaqti vaqti bilan bu qoʻlingizdan keladi, oʻz muvaffaqiyatlaringiz bilan faxrlanasiz. Siz yosh qalb va qiziquvchan tabiat egasisiz.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)