Islom Karimovning volidalari Sanobar-aya nevaralari bilan

Sanobar Karimova (1902-1982) sakkiz nafar farzandni dunyoga keltirib, oʻz hayotlarini ularning tarbiyasiga bagʻishlaganlar.
Yurtimizning birinchi Prezidenti hamisha onalarini katta mehr bilan yodga olardilar. Ayniqsa, oyilarining ovqat pishirishlari, xamir qorib, yoyishlari koʻzlari oldidan tez-tez oʻtishini koʻp takrorlar edilar.
Islom Abdugʻaniyevich bolalik chogʻlari oyilari bozorga borganlarida yoki qarindoshlari holidan xabar olganlarida hamisha ularga hamrohlik qilishlarini aytib oʻtganlar.
U kishi oʻz onalari nihoyatda dono va zakovatli ayol boʻlganlarini soʻzlab berardilar. Oʻgʻillari Toshkentdan Samarqandga ulardan xabar olgani kelganlarida, Sanobar aya yurtimiz va dunyoda sodir boʻlayotgan hodisalardan hamisha qiziqib soʻrar ekanlar.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Yurtimizning birinchi Prezidenti hamisha onalarini katta mehr bilan yodga olardilar. Ayniqsa, oyilarining ovqat pishirishlari, xamir qorib, yoyishlari koʻzlari oldidan tez-tez oʻtishini koʻp takrorlar edilar.
Islom Abdugʻaniyevich bolalik chogʻlari oyilari bozorga borganlarida yoki qarindoshlari holidan xabar olganlarida hamisha ularga hamrohlik qilishlarini aytib oʻtganlar.
U kishi oʻz onalari nihoyatda dono va zakovatli ayol boʻlganlarini soʻzlab berardilar. Oʻgʻillari Toshkentdan Samarqandga ulardan xabar olgani kelganlarida, Sanobar aya yurtimiz va dunyoda sodir boʻlayotgan hodisalardan hamisha qiziqib soʻrar ekanlar.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…