07:30 / 03.10.2018
6 459

Nishonga urilgan gaplar – 3

Quyida keltiriladigan fikrlar ijtimoiy tarmoqlardagi “Tarix muhrlagan soʻzlar” sahifasidan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarning bir qator fikrlari ham berilgan.

Mahshardagi kunni unutmaylik!

  • Jon berish achchigʻi bor.
  • Qabr bor.
  • Qoʻlida gurzi koʻtargan Munkar va Nakirning savoli bor.
  • Oxirat bor.
  • Hisob-kitob bor.
  • Quyosh issigʻida uzoq muddat hisobni kutish bor.
  • Savollarga javob berish bor.
  • Doʻzax ustidagi Sirotdan oʻtish bor.

Hamma Jannatga kirishni istaydi. Lekin hech kim oʻlishni istamaydi.

Jo Luis

Baʼzilar bilan suhbatlashsang, vaqt tez oʻtayotgandek, ayrimlar bilan suhbatlashsang, vaqt oʻtmayotgandek tuyuladi.

Qushlarning yuraklarida qoʻrquv uygʻotib yubormaslikni eng koʻp istovchi kishi – ovchidir!

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

Erkak kishida faqat kuch-quvvat emas, aql ham boʻlishi kerak.

(Davomi bor...)

Nozimjon Iminjonov

Manba: Muslim.uz


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nishonga urilgan gaplar – 3