09:26 / 08.10.2018
5 179

Haftalik bashorat: Oʻzingizga ishoning! (8—14 oktyabr, 2018 yil)

Haftalik bashorat: Oʻzingizga ishoning! (8—14 oktyabr, 2018 yil)
Hamal

Kutilmagan uchrashuvlarga tayyor turing. Bu hayotingizdagi koʻp narsalarni oʻzgartirishi mumkin. Anchadan buyon yechimini kutayotgan ishlaringizni asta-sekin hal etasiz. Va bundan, albatta, xursand boʻlasiz. Salomatligingizni mustahkamlash uchun qilayotgan harakatlaringiz ijobiy natija bermasligi ehtimoli bor. Ammo tushkunlikka tushmang, davolanishni toʻxtatmang. Ayniqsa, ortiqcha vazndan qutulish uchun tutayotgan parhezingizni.

Savr

Bor diqqat-eʼtiboringizni oilaga qarating. Turli sovgʻa-salomlar bilan yaqinlaringizni xursand qiling. Chunki ular ayni dam sizning gʻamxoʻrligingizga muhtoj. Shu qatorda oʻzingizni ham unutmang. Ishda esa eski hammom, eski tos, deganlaridek hech qanday oʻzgarish boʻlmaydi. Behuda xayollarga berilmang. Hamkasblaringizni ham oʻzingizga juda yaqin olib, sirlaringizni oshkor etmang.

Javzo

Bu hafta qoʻshimcha daromad topish uchun qulay imkoniyat tugʻiladi. Agar bundan unumli foydalana olsangiz, moddiy ahvolingizni yaxshilab olasiz. Shuning uchun qarz olish borasidagi fikringizni esdan chiqaring. Yaqinlaringiz bilan munosabatni oʻzgartiring. Ular sizning muammolaringizni hal etishga majbur emas. Faol harakat qilsangiz barcha ishingizni hal etishga ulgurasiz.

Saraton

Xayollarga berilib, kelajakni rejalashtirishni bas qiling. Hayotga real qarang. Belni mahkam bogʻlab, ishga kirishing. Berilgan topshiriqlardan boʻyin tovlamang. Ularni masʼuliyat bilan oʻz vaqtida bajaring. Axir, muvaffaqiyatga osongina erishib boʻlmaydi. Buning uchun inson kurashishi, sinovlarda toblanishi lozim. Shunda hammasi yaxshi boʻladi. Siz esa ana shunday eng yaxshilariga munosibsiz.

Asad

Hafta davomida kayfiyatingiz koʻtarinki boʻladi. Omaddan quvona biling! Bir nechta muhim uchrashuvlarda ishtirok etasiz. Bildirgan takliflaringiz koʻpchilikni qiziqtirib qoʻyadi. Shu sabab sizga bir nechta foydali takliflar boʻlishi mumkin. Ulardan unumli foydalana olsangiz, oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob topa olasiz. Faqat olgʻa harakat qiling!

Sunbula

Bor eʼtiboringizni salomatlikka qarating. Biror bezovtalik sezdingizmi, darrov shifokorga murojaat eting. Oʻzi oʻtib ketadi, deb xafsalasizlik qilmang. Yana vaqtida ovqatlanib, dam olishni unutmang. Ishda ham oʻzingizni koʻp urintirmang. Asabni arzimas narsalar uchun buzmang. Hadeb kuyib-pishaverganingiz bilan muammolar hal boʻlib qolmaydi. Hafta soʻngida sutli qahva damlab, sevgan asaringiz mutolaasiga kirishing. Bu ham dam olishning eng yaxshi usullaridan biridir.

Mezon

Ijobiy oʻzgarishlarga tayyor turing. Faqat buning uchun biroz kuch sarflashga toʻgʻri keladi. Agar lozim boʻlsa, doʻstlaringizdan yordam soʻrang. Ular bajonidil koʻmak berishadi. Farzandlaringiz bilan munosabatda biroz muammolar boʻlishi mumkin. Erkaliklar qilib, asabingizga tegishadi. Hadeb tergayvermasangiz ular ham sizni tushunishadi. Dam olish kunlari ochiq havoda sayir qiling.

Aqrab

Ortga bir qayrilib, oʻtmishga nazar tashlang. Qilgan xato va kamchiliklaringizni jiddiy tahlil qilib koʻring. Shunga asoslanib, hozirgi vaziyatingizni oʻzgartirishga kirishing. Faqat his-tuygʻularga erk bermang. Haftaning ikkinchi yarmida qulay vaziyatlar boʻlishi mumkin. Koʻpdan beri yechim kutayotgan muammolarga javob topasiz. Oʻylanib oʻtirmay, oʻz kuchingiz va bilimingizga ishonib, harakatga kirishing.

Qavs

Har doimgidan yanada faol boʻlasiz. Oldingizga yuksak maqsadlar qoʻying. Ularni amalga oshirish yoʻllarini izlab koʻring. Buning uchun sizda hamma narsa yetarli. Yaʼni bilim ham, imkoniyat ham bor. Ularni ishga sola bilsangiz, bas. Moddiy ahvolingiz ham sezilarli darajada yaxshilanadi. Bundan barcha xursand boʻladi.

Jadiy

Begonalar bilan muloqotga kirishmang. Ularga ishonib, pulingizni sarflab, aldanib qolib, pushaymon boʻlmang. Salbiy odatlarni tashlashga harakat qiling. Ayni fursat ulardan qutulish uchun qulay vaqtdir. Bunday imkoniyat yana boʻlmasligi mumkin. Agar bundan toʻgʻri foydalana olsangiz, oʻzingiz uchun ham, oilangiz uchun ham yaxshi boʻladi.

Dalv

Ishlaringizni oʻz vaqtida bajarishga kirishing. Aks holda, muammolardan boshingiz chiqmay qoladi. Yon-atrofdagilar bilan ham ziddiyatga bormang. Xushmuomala boʻlishga harakat qiling. Oilangizga eʼtibor qarating. Ochiq-oshkora boʻlmasa-da, juftingizga muhabbatingizni izhor eting. Dam olish kunlari oilaviy koʻngilochar maskanlarga boring.

Hut

Shoshmashosharlikka yoʻl qoʻymang. Har bir ishingizni reja asosida bajarishga kirishing. Ish vaqtida keraksiz narsalarga chalgʻib, xato qilib qoʻysangiz, ularni tuzatish biroz qiyin boʻladi. Shuning uchun doim hushyor boʻling. Uyda ham biroz muammolar boʻlishi mumkin. Ularni oʻylab siqilmang. Vaqt – hamma narsaga davo!

Manba: darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Haftalik bashorat: Oʻzingizga ishoning! (8—14 oktyabr, 2018 yil)