AQShning Texas universiteti olimlari odamning qomati uning shaxsiy sifatlariga va uning boshqalar tomonidan qabul qilinishiga ta’sir ko‘rsatishini aniqladi deb yozadi «Daryo» nashri.
Tadqiqotchilar jamoasi tajriba o‘tkazgan. Ular 76 nafar talabaga turli odamlarning 140 ta suratini tasvirlab berishni taklif qilgan. Suratlarda qomatlari turlicha bo‘lgan 70 nafar ayol va 70 nafar erkak bo‘lgan.
Talabalar odamni tasvirlash uchun xarakterning taklif qilingan 30 ta xususiyatidan foydalanishi mumkin bo‘lgan. Barcha taklif qilingan so‘zlar shaxsiyatning beshta mustaqil xususiyatiga mansub bo‘lgan. Bu odamning beshta nisbatan mustaqil xususiyatga ega bo‘lishini ko‘zda tutadigan psixologik model hisoblanadi. Ularning qatoriga ekstraversiya, boshqalarga yaxshilik istash, vijdonlilik, neyrotizm va tajribalarga ochiqlik kiradi.
Tajriba natijalarining ko‘rsatishicha, to‘ladan kelganlar beshta xususiyatning uyg‘unligiga erinchoqlik bilan befarqlik bilan erishadi, qomati tik bo‘lganlar esa ishonch va ishtiyoq bilan bu uyg‘unlikka erishadi. Tajriba ishtirokchilari noksimon qomatga va keng yelkaga ega bo‘lganlarni nizokash va qo‘pol deb hisoblagan. Nostandart qomat egalari uyatchan va ishonchli odamlar sifatida qabul qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi