14:06 / 04.11.2018
3 749

Loyiq bo‘lmagach...

Loyiq bo‘lmagach...
Zunnun Misriy hazratlarining shogirdlari bo‘lib, u bir yil davomida hazratga ixlos bilan xizmat qildi, yonlaridan ayrilmadi. Bir kuni shogird ko‘nglidagi niyatini hazratga aytdi:

– Ustoz, menga “Ismi A’zam”ni o‘rgatishingizni iltimos qilaman.

Hazrat tabassum qildilar, ammo hech nima demadilar. Shu asno oradan yana olti oy o‘tdi. Bir kuni ustoz o‘sha shogirdni huzurlariga chorlab, qo‘liga og‘zi bo‘z bilan berkitilgan ko‘za tutqazdilar.

– Fustat shahrida bir do‘stim bor. Garchi u meni bir yildan buyon yo‘qlamagan bo‘lsa ham, unga do‘stlik hadyasini yuborishga qaror qildim. Hadyam esa mana bu idishning ichida. Ishonamanki, omonatni do‘stimga yetkazasan.

Shogird ko‘zani olib yo‘lga tushdi. Yo‘lda shayton: “Zunnun Misriyga bir yil xizmat qilding, bilmadi. Yana olti oy yonida bo‘lding, qadringga yetmadi. Bittagina so‘rovingni ham javobsiz qoldirdi. Bir yil mobaynida biror marta yo‘qlab qo‘ymagan odamga esa hadya yuboryapti. Bu juda ham qimmatli narsa bo‘lsa kerak. Asli o‘sha kimsa bunday qimmatbaho hadyaga loyiqmikan?” – deya uni vasvasaga soldi. Shogird bu vasvasalar ta’sirida hech kim yo‘q joyda, yo‘lning chetida ko‘zani ochib ko‘rdi. Kutilmaganda uning ichidan bir sichqon sakrab chiqdi va yerga tushib, bir onda o‘tlarning orasida ko‘rinmay ketdi. Endi aytilgan joyga borishga hojat ham qolmagan edi. Shunday qilib shogird orqaga, ustozining oldiga qaytdi. Hazrat uni tabassum bilan qarshi oldilar va dedilar:

– Azizim, omonat etilgan bir sichqonni joyiga yetkazolmagan insonga “Ismi A’zam”ni o‘rgatish, ishonib topshirish mumkinmi? Bilib qo‘yki, kishi o‘zi loyiq bo‘lmagan narsaga talabgor bo‘lmagani ma’qul.

Manba: Irfon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Loyiq bo‘lmagach...