08:52 / 08.11.2018
9 308

Ko‘z zinosi

Ko‘z zinosi
Do‘stim bilan bugun ko‘chada ko‘z zinosidan saqlanish naqadar qiyin ekanligidan nolidik. Shunda u bir rivoyatni aytib berdi:

Hazrati Usmon roziyallohu anhuning oldilariga bir kishi kiradi, uning ko‘zlariga qarab:

“Ko‘zlaringda zino izlarini ko‘ryapman, Allohdan uyalmadingmi?!” – deydilar. Shunda u kishi hayratlanib:

“Ey Usmon, qayerdan bildingiz? Yo payg‘ambarlik hamon davom etyaptimi?” – deganida, hazrat Usmon roziyallohu anhu javob beradilar:

“Yo‘q, payg‘ambarlik Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning vafotlari bilan kesildi. Farosatim bilan bildim”.

Hazrati Usmon roziyallohu anhuning huzurlariga kirgan inson yo‘lda kelayotib ko‘zlari go‘zal bir ayolga tushgan edi. Chiroyiga maftun bo‘lib, ikki-uch bor qayrilib qaraga edi.
Odiljon NARZULLAYeV tayyorladi
Zangiota tuman “Imomi A’zam” jome masjidi imom xatibi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘z zinosi