Dunyoning 2-raqamli eng badavlat odami, Microsoft asoschisi Bill Geyts uning dunyo haqidagi tasavvurlarini o‘zgartirgan 4 kitob haqida so‘zlab berdi. U o‘z blogida yuzlab qiziqarli kitoblar haqida ko‘plab marta so‘zlab bergan, biroq aynan shu 4 kitob uni fikrlarini o‘zgartirishga majbur qilgan.
Bu kitoblar: “Energiya va sivilizatsiya: tarix”, "Bugungi kundagi ta’lim”, “Faktologiklik: olam haqida xato fikr qilishimizning 10 ta sababi va barchasi o‘ylaganimizdan yaxshiroq ekanligi haqida”, “Sapiens: Insoniyatning qisqa tarixi”.
Geyts ushbu kitoblar orasida 1-o‘ringa professor Vatslav Smilning “Energiya va sivilizatsiya: tarix” kitobini qo‘ygan. Bu kitobda iqtisodiyotning energiya iste’moli bilan bog‘liqliqda o‘sishi ko‘rib chiqilgan. Geytsning ta’kidlashicha, u Smilning 2017 yilgacha chop etilgan barcha 36 ta asarini o‘qib chiqqan.
2-o‘ringa Garvard universiteti professori Stiven Pinkerning "Bugungi kundagi ta’lim” asari qo‘yilgan. Bu kitobda insoniyat taraqqiyoti haqida so‘zlangan va sog‘liq, farovonlik, xavfsizlik, bilim va baxt ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratilgan. Geytsning ta’kidlashicha, bu kitob nafaqat uning eng sevimli asari, balki professor yozgan asarlardan eng yaxshisidir.
Microsoft asoschisi 3-o‘ringa statistika va sog‘liqni saqlash bo‘yicha shvetsiyalik mutaxassis Xans Roslingning “Faktologiklik: olam haqida xato fikr qilishimizning 10 ta sababi va barchasi o‘ylaganimizdan yaxshiroq ekanligi haqida” kitobini qo‘ygan. Bu kitobda dunyoqarash stereotiplari va buning sabablari haqida so‘zlangan. Milliarder bu kitobni o‘z hayotining yangi bosqichiga qadam qo‘yadigan bitiruvchilarga tanishib chiqishni ayniqsa tavsiya qiladi.
Geyts alohida ta’kidlab o‘tgan 4-kitob isroillik tarixchi Yuval Noy Xararining “Sapiens: Insoniyatning qisqa tarixi” asari bo‘lib, milliarder uni o‘qib chiqib, inson, baxt va bizni o‘ziga xos qiluvchi jihatlar haqida fikr yurita boshlagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi