
Hayotining so‘nggi onlarida Sufyon Savriy hazratlari yostiqlari ostidan bir hamyon oltin chiqardilar. Uni yonlaridagilarga berib, sadaqa qilib tarqatishni tayinladilar. Do‘stlari hayron bo‘lishdi: «Tavba-tavba, Sufyon Savriy dunyo moliga e’tibor bermas, yig‘mas ham edi. Shuncha pulni asrab o‘tirishlariga sabab nima?»
Sufyon Savriy ulardagi hayronlikni ko‘rib, izoh berdilar:
– Bu pul bilan men dinimni himoya qildim. Shaytonni va nafsimni yengdim. Ular qachon menga: «Kiyadigan kiyiming, yeydigan taoming yo‘q. Ularga erishish uchun harakat qil, mol-dunyo yig‘», deb vasvasa qilishsa, oltinlarni ko‘rsatib, yonimdan quvardim. Bu pullardan shayton va nafsga qarshi qurol sifatida foydalandim.
Sufyon Savriy o‘sha hamyondagi oltinlar tarqatilgandan keyin vafot etdilar.
Manba: Irfon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar