22:26 / 17.11.2018
4 094

Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (8-qism)

Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (8-qism)
61. Supermarketlar yoki qimmat bozorlarga borsangiz, o‘zingiz bilan olib boring, gohida bu ularning orzulari bo‘ladi. Buni amalga oshirish qo‘lingizda ekan, nega qilmaysiz?..

62. Ularga otangizga hadya qilishlari uchun erkaklar sovg‘asidan ham olib berib turing. Bu bilan siz har ikkisiga ham yaxshilik qilgan bo‘lasiz.

63. Otangizga tasannolar ayting. Onangizning oldilarida otangiz bilan bo‘ladigan muomalani yaxshi va go‘zal qiling. Albatta, bu holat onangizni faxrlantiradi.

64. Ularning muomalalarini, uyni idora (tartib) qilishlarini, xo‘jayinlariga itoatlarini maqtab turing. Bu ularni ruhlantiradi, o‘rinlarini oshiradi va o‘zlariga bo‘lgan ishonch ortadi.

65. Ko‘pincha oilada onaga eng yaqin farzandlar – qiz farzandlar hisoblanadi. Ularning sirlarini saqlang, o‘zingizning sirlaringizga sherik qiling. Ularni har doim tushunishga harakat qiling. Shunday yaqin bo‘lingki, go‘yo ular sizni bu kabi muomalalarda o‘zlarining dugonalaridek ko‘rsin.

66. Albatta, falokat va mashaqqat kabi sinovlarda onaning o‘g‘il farzandlarga muhtoj bo‘ladi. Bunday hollarda o‘g‘illarning onaga mustahkam suyanchiq bo‘lishlari, qiyinchilikda u zot bilan birga bo‘lishlari lozim. Ular bilan birga bo‘ling, suyanchiq bo‘ling, quvvatingizdan, to‘g‘ri fikringizdan ularga bering.

67. Opa-singillaringizga lutf qiling, ular bilan samimiy bo‘ling. Opa-singillaringiz bilan bo‘ladigan ishlarda odobli bo‘ling. Ularga tez-tez hadyalar ulashib turing. Bu onaning baxti ustiga baxt qo‘shadi. Chunki ona qizlariga mehribonlik qilganni yaxshi ko‘radi.
68. Onangiz qiladigan ishlaridan or-nomus qilmang. Gohida u yoshlariga munosib bo‘ladi. Balki ular bilan faxrlaning. Albatta, bunga rozi bo‘ling. Rozi bo‘lgandan rozi bo‘ladi, g‘azablangandan g‘azablanadi. Shuni ham unutmangki, bularning bari shariat chegarasidan chiqadigan, urfga zid ishlar bo‘lmasin.

69. Farzandlaringizga onangizni e’zozlashni o‘rgating. Har xil munosabatlarda ularning hadyalar berishlarini ta’minlang va shuni yo‘lga qo‘yib boring.

70. Qariganlarida qo‘llaridan ushlab yuring, oyoq kiyimlarini tayyorlab turing, yo‘llarini ko‘rsating. Albatta, siz ularga qarashga eng haqli insonsiz!

Davomi bor...
Sulaymon Soqir
"Onaga yaxshilik qilishning 150 yo‘li" kitobi
Abdulloh Rahimboyev tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (8-qism)