Hamal
Rejalashtirib qo‘ygan ishlaringizni ko‘ngildagidek amalga oshirib, o‘zingizni qushdek yengil his etasiz. Albatta, mehnatga yarasha rag‘bat ham bor. Ishlaringiz tig‘izligini yaqinlaringizga to‘g‘ri tushuntiring. Aks holda ular sizdan gina qilib yurishlari mumkin. Yakshanba kuni hech qanday ishni rejalashtirmay, maroqli hordiq chiqaring.
Savr
Yaqinlaringiz muvaffaqiyatidan xursand bo‘lasiz. Ularning muhabbati sizga kuch bag‘ishlaydi. Moliyaviy muammolarni o‘ylab, tashvish chekmang. O‘ylaganingiz bilan foydasi yo‘q. Undan ko‘ra uni bartaraf etish yo‘llarini izlab toping. Atrofdagilardan shirin so‘zingizni qizg‘anmang. Eski ginalarni eslab, kek saqlab o‘tirsangiz vaziyat yanada chigallashishi mumkin.
Javzo
Ishda sizga qo‘shimcha vazifalar yuklanishi mumkin. Bildirilgan ishonchni oqlashga hµarakat qiling. Bu qo‘lingizdan keladi, albatta. Sizda bilim ham, iste’dod ham yetarli. Ulardan to‘g‘ri foydalanishga harakat qiling. Aks holda qulay imkoniyatlarni boy berib qo‘yishingiz mumkin. Haftaning ikkinchi yarmida do‘stlar bilan uchrashib, muhim masalalar borasida maslahatlashib olasiz.
Saraton
Yetakchilik qobiliyatingizni ko‘rsatib qo‘yish vaqti keldi. Qachongacha jim o‘tirasiz?! O‘rningizdan turingu tezda ishga kirishing. Bunday imkoniyat boshqa bo‘lmasligi mumkin. Pul bilan bog‘liq muammolarni esingizdan chiqarasiz. Katta xaridlar qilib, xursand bo‘lasiz. Sevgi-muhabbat bobida hozircha hech bir yangilik yo‘q.
Asad
Hafta yoqimli uchrashuvlarga boy bo‘ladi. Bundan ruhlanib, barcha ishlarni a’lo darajada amalga oshirasiz. Yulduzlar sizga aniq reja tuzib olishni maslahat berishyapti. Bu o‘zingizni ortiqcha urintirib charchab qolmasligingiz uchun. Shu bois vaqtida ishlab, vaqtida dam oling. O‘zingizga-o‘zingizg‘amxo‘rlik qilmasangiz boshqalar sizni o‘ylamaydi.
Sunbula
Bilim va ko‘nikmangizni oshirish uchun qulay fursat tug‘iladi. Yangi tanishlar orttirib, o‘zaro tajriba almashasiz. O‘rganganlaringizni amaliyotda sinab ko‘rasiz. Shaxsiy hayotingizga yangiliklar olib kirish istagi paydo bo‘ladi. Bu boradagi rejalaringizni ikkilanmasdan amalga oshiravering. Ayni dam buning uchun qulay fursatdir.
Mezon
Dardingizni birovlarga doston qilganingiz bilan tashvish arimaydi. Undan ko‘ra, muammoni hal etish yo‘llarini axtaring. Buning uchun sizda hamma narsa bor: bilim ham, tajriba ham. Faqat o‘zingizga ishoning. Barchasini a’lo darajada uddalaysiz. Balki kichik biznes yo tadbirkorlikda omadingizni sinab ko‘rarsiz. Dam olish kunlari oilaviy sayohatga chiqishingiz kutilmoqda.
Aqrab
Hafta davomida kayfiyatingiz ko‘tarinki bo‘ladi. Yangi do‘stlar bilan tanishib, o‘zaro tajriba almashasiz. Bu kelajakdagi yutuqlaringizga asos bo‘lib xizmat qilishi aniq. Moddiy ahvolingiz ham yaxshilanadi. Hafta so‘ngida uyingizda yangiliklar joriy qilish istagi tug‘ilishi mumkin. Fantaziyangizni ishga soling. Bu borada oilangiz ham sizni qo‘llab-quvvatlaydi.
Qavs
Ziddiyatlarning oldini olishga harakat qiling. Yon-atrofdagilar bilan xushmuomala bo‘ling. Ular bilan baµslashib, haq ekaningizni isbotlashga urinmang. Agar biror shartnoma imzolashni rejalashtirib qo‘ygan bo‘lsangiz, uni vaqtincha to‘xtatib turganingiz ma’qul. Dam olish kunlari ochiq havoda sayr qilib, hordiq chiqaring.
Jadiy
Bir vaqtning o‘zida bir nechta yangi loyiµani amalga oshirasiz. Natijasini ko‘rib, albatta, xursand bo‘lasiz. Hamkorlar bilan foydali shartnomalar imzolaysiz. Daromadingiz ham shunga yarasha bo‘ladi. Biroq ortiqcha sarf-xarajatlardan hozircha tiyilgan ma’qul. Pulingizni sarflashdan ko‘ra uni ko‘paytirish borasida bosh qotiring. Ehtiyot bo‘lish kerak – ishonuvchanligingiz sabab, pand yeb qolishingiz mumkin.
Dalv
Ishlar ko‘pligidan vaqtingiz tig‘iz bo‘ladi. Shuning uchun uni to‘g‘ri taqsimlang. Aks holda µech bir ishni oxirigacha yetkazolmaysiz. Berilgan topshiriqlarni vaqtida bajaring. Juda muhim bo‘lmasa, hozircha uchrashuvlarni bekor qilib, turganingiz ma’qul. Hatto qo‘ng‘iroqlarni ham. Shunda fikringiz boshqa narsalarga chalg‘imaydi. Biror yordam kerak bo‘lsa, tortinmay yaqinlaringizdan so‘rang.
Hut
Boshliqlar mehnatingizni munosib baholamasliklari mumkin. Buni o‘ylab, kayfiyatni tushirmang. Ko‘ngilni to‘q qilib, ishingizda davom eting. Vaqti kelib sizni tan olishadi, e’tirof etishadi. Haftaning ikkinchi yarmida o‘zingizni yolg‘iz his etasiz. Yaqinlaringizni yo‘qlab, holidan xabar oling. Ularning mehr-muhabbatini his qilganingiz sayin ruhingiz yengil tortadi.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”