14:48 / 22.11.2018
4 270

Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (11-qism)

Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (11-qism)
91. Onangiz bilan bir shaharda tursangiz, uyingiz ularga uzoq bo‘lsa, u holda uy orasidagi masofani imkon qadar yaqinlashtirishingiz kerak bo‘ladi. Bu yo‘l bilan siz ularga yaxshilik qilishga harisligingizni ko‘rsatgan va yaxshilik qilishni osonlashtirgan bo‘lasiz.

92. Agar boshqa shaharda ishlasangiz, ularni ziyorat qilishga topilgan fursatni g‘animat biling. Ularni o‘zingizga mushtoq qilmang. Ular siz tufayli qiyinchiliklarga sabr qilgan, yaxshi hayot kechirishingiz uchun qiynalgan zotdir. Ularni ko‘p ham intizor qilmang. Siz bilan ko‘rishib, ko‘ngillari yayrasin.

93. Agar boshqa bir shaharda yashasangiz, yolg‘iz o‘zingiz onangizni ziyorat qilishingiz kifoya qilmaydi. Onalar uchun farzanddan ham shirin bo‘lgan nevaralari farzand o‘rnida o‘tadi. Har safar farzandlaringiz va ayolingizni o‘zingiz bilan olib boring. Bu onangizning maqomlariga loyiq ziyorat bo‘ladi. Ularni ko‘rish bilan baxtlari ziyoda bo‘lsin.

94. Ko‘p ishlarda havoyu nafsingizga xilof qilib, onangizning ishlarini, talablarini, xohishlarini ustun qo‘ying. Agar ularni bildirmasalar ham, shunday qiling. Chunki yaxshilikning mukammalligi u zotning orzu istaklarini biror kalima so‘zlamaslaridan yeriga keltirishingizdir. (Ba’zida onangiz tomonlaridan nafsingiz (o‘zingiz) xohlamagan ishlarga ham buyurilishingiz mumkin. Balki ana shunday o‘rinlarda shayton ularga qilayotgan yaxshilik, ixlos va axloqingizni ko‘rolmagach vas-vasa qilishga o‘tgan bo‘lar. Shayton onaning buyruqlariga «xo‘p» demasligingizni istayotgan bo‘lar. Siz o‘z nafs, istak-xohishingizdan vos keching va onangizning amrlariga «labbay» deng. Ularni doimo masrur qilishga urining va har doim buyruqlarini so‘zsiz bajaring).

95. Doim o‘zingizni qattiq tergab turing. Onangizga yetarlicha xizmat qilyapsizmi yoki buni eplolmayapsizmi? Balki siz onani rozi qilishning boshqa yo‘llarini izlashingiz kerakdir. Bu sizni doim ularga yanada ko‘proq yaxshilik qilishga, roziliklarini olishga undaydi.

96. Ota-onangizga nima qilsangiz, farzandlaringizdan ertami kechmi qaytishini aslo unutmang. Hayotingizda va o‘limingizdan keyin baxtli bo‘lishingiz uchun ularning rizoliklari yo‘lida harakatda bo‘ling. (Misol uchun, ularga yaxshilik bilan muomala qilsangiz, farzandlaringizdan ham shu qaytadi. Yomonlik qilsangiz, yomonligingiz o‘zingizga qaytadi. Ularga qo‘l ko‘tarsangiz, farzandlaringizdan kaltak yeysiz).

97. Agar onangiz xasta bo‘lib qolsalar, ularni yolg‘iz qoldirmang. Holatni o‘z nazoratingizga oling. Barcha vaqtingizni u zot bilan o‘tkazing. Ularga qarab tura oladigan kishini tayinlang. Doimo yonidagilardan hol-ahvollarini so‘rab turing, chunki ular zaif holdalar, farzandlariga muhtojlar. Onasini rozi qilib, najotga erishadiganlar aynan shu vaqtda bilinadi. Siz ulardan bo‘ling. Ularning eng peshqadami bo‘ling.

98. Har doim va hammaning oldida liboslarini, libos tanlashdagi didlarini ham maqtangki, qalblariga xursandchilik kirsin. Bu ishni hech kanda qilmang.

99. Ularga safaringizdagi hodisalarni va taassurotlar haqida batafsil so‘zlab bering. Do‘stu birodarlaringiz bilan tushgan rasmlaringiz bo‘lsa, ularni ham ko‘rsating. Har bir safar oldidan duolarini olishni unutmang.

100. Onangizning tashvishlarini malollanmasdan kutib oling. Fikr va mulohazalarini ham ochiq ko‘ngil bilan qarshi oling. Onangizning ko‘rsatmalarini tovoze va rozilik bilan bajaring.

Davomi bor...
Sulaymon Soqir
"Onaga yaxshilik qilishning 150 yo‘li" kitobi
Abdulloh Rahimboyev tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (11-qism)