141. Onaga yaxshilik qilish haqidagi hadislardan, onasiga yaxshilik qiladigan solih kishilar siyratlaridan doimo xabardor bo‘ling. Bu sizning himmatingizni ziyodalashtiradi.
142. Agar onasiga oq bo‘lganlarni ko‘rsangiz, «Meni uni balolagan narsadan omonda qilgan Allohga hamd bo‘lsin», deng. Bu Alloh taolo sizni ichi qoralarning yomonligidan himoya qilishga yordam beradi.
143. Onangiz bilan bir yerda bo‘lganda ularga orqangizni qilmang, uzoqda o‘tirmang, siz xizmatlarida eng oxirgi kishi bo‘lishga rozi bo‘lmang. Ularning eng yaqinlarida o‘tirishga va xizmatlariga shoshilishga haris bo‘ling.
144. Agar onangiz yurishni xohlasalar, oyoq kiyimlarini oldlariga qo‘ying, ularning qo‘llaridan ushlang va birga sayr qiling. Buni o‘zingizga odat qilib oling.
145. Onangiz haqlaridagi xabarlarni eng oxirida eshituvchi, ularni eng oxirida tabriklovchi yoki musibatlarida oxirgi hamdardlik bildiruvchi kishi bo‘lmang. Bunda doim peshqadam bo‘ling. Bu sizning ularga bo‘lgan ahamiyatingizni ko‘rsatadi.
146. Sizga onangiz baqirgan yoki sizdan g‘azablangan paytda ularga darhol javob qaytarmang va g‘azablariga sabab bo‘lgan ishni ochiqlashga urinmang. Sabr qiling va g‘azablariga sabab bo‘lgan ishni tushuntirish uchun qulay fursat toping. Agar xato qilgan bo‘lsangiz, uzr so‘rang, boshlaridan o‘ping va kechirishlarini so‘rang.
147. Ba’zi onalarning g‘azabi tez bo‘ladi. Sizning onangiz ham shunday bo‘lsalar, sabr qiling va bardoshli bo‘ling. Ularning ushbu holatlariga ko‘niking va ular uchun Alloh taolodan ofiyat so‘rang. Sabringizning qiyomatda hisob-kitobda yaxshilik pallasiga qo‘yilishini Allohdan so‘rang.
148. Bir qog‘ozga onaning sifatlarini yozing, so‘ngra ularning qalblariga yetib borishi va ularga yaxshilik qilish uchun mumkin bo‘lgan barcha yo‘llarni yozing.
149. Atrofingizdagilar haqida fikr yuriting. Onalarini yo‘qotganlarga qarang. Ular ko‘p yaxshiliklardan bebahra qolganlar. Eshik oldingizda ochiq turgan ekan, nega kamchilikka yo‘l qo‘yishingiz kerak? Ajal yetib kelishidan oldin amalni yaxshi qiling.
150. Onangiz kasal bo‘lganlarida safarlaringizni kechga suring, majburiyatlaringizni bekor qiling va barcha e’tiboringizni onangizga qarating. Ular farzandlarini ko‘rganlarida o‘zlarini yaxshi his qiladilar.
Sulaymon Soqir
"Onaga yaxshilik qilishning 150 yo‘li" kitobi
Abdulloh RAHIMBOYeV tarjimasi
"Onaga yaxshilik qilishning 150 yo‘li" kitobi
Abdulloh RAHIMBOYeV tarjimasi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”