Aytishlaricha, «haram» so‘zi arabchadan tarjima qilinganda, «ilohiy maskan» ma’nosini berarkan. Har holda o‘rta asrlarda yashab o‘tgan sultonlar, qirol-u podsholar saroyida xuddi shu «ilohiy» maskanlar albatta bo‘lgan. Ular haramga aksar hollarda o‘zga davlatlarni bosib olgach, kelishgan, yosh qizlarni qul sifatida olib kelishgan. Bu qullar sultonning shaxsiy mulki hisoblangan va shuning uchun ham ularni har ko‘yga solishga o‘zlarini haqli hisoblashgan.
Lekin qadimda ham haramga faqat sulton emas, o‘ziga to‘q har qanday erkak ega bo‘lishga haqli edi. Asosiysi, undan haramda nechta kanizak bo‘lsa, ularning barchasini har jihatdan ta’minlab qo‘yishi talab qilingan.
Ko‘pchilik hukmdorlar haram uchun bo‘lg‘usi kanizaklikka qiz bolani 5-6 yoshligidan tayyorlashgan. Qiz to ulg‘aygunga qadar o‘zi uchun kerakli tarbiya, bilimni olgan va kanizaklikka qabul qilingan. Bunday qizchalar qul bozorlarida sotib olingan. Yoki qulfurushlar atayin qizlarning chiroyli va ko‘rkamlarini tanlab podsho yoki sultonga hadya etishgan. Shubhasiz, hadyaning ortida mo‘may daromad turgan. Bilishganki, qiz yoqsa, hukmdor ularga bozordagidan o‘n hissa ko‘proq pul beradi. Ayrim vaziyatlarda ota-onaning o‘zi qizini hukmdorlarga kanizak sifatida sotgan. Shu bahonada hukmdor va ota-ona bilan moliyaviy shartnoma tuzilgan. Ayniqsa, bunday vaziyatlar Kavkaz knyazliklarida ko‘p kuzatilgan.
Haramning o‘z qonun-qoidalari bo‘lgan. Bunga ko‘ra, pillapoyaning eng yuqori cho‘qqisida hukmdorni dunyoga keltirgan volida turgan. Undan keyin «qadin afandi», undan so‘ng «joriya»lar o‘rin egallagan.
Qadin afandi bu o‘sha kanizak sanalgan. Ularni ham o‘g‘li uchun volida chertib-chertib tanlagan va hukmdor yotog‘iga yo‘llagan.
Joriya esa eng past tabaqali qul hisoblanib, haramdagi jami qora ishlarni zimmasiga yuklashgan. Joriyalar kanizaklar bilan muloqot qilishga ham haqsiz hisoblangan. Sulton yotog‘iga kirishini-ku, gapirmasa ham bo‘ladi.
Kunlarning birida «qadin afandi», ya’ni, kanizak hukmdorning joniga tegsa, uni joriyalikka yo‘llagan. Yoki joniga tekkan kanizakni behuda boqmaslik uchun qatl etib qo‘ya qolgan. Qatl ham o‘ziga xos tarzda o‘ta dahshatli tusda bo‘lgan.
Hukmdorning sevimli kanizagi bo‘lib qolish uchun qiz «Qur’oni Karim»dan yaxshigina xabardor bo‘lishi, podshoni erita oluvchi, ko‘ngliga yo‘l topishga yo‘nalgan ayyorona erkalanishlarni o‘zlashtirishi talab etilgan. U haramda jami 9 yil yashagach, hukmdorning ruxsati bilan saroyni tark etishi mumkin edi. Shunda ham sulton uni saroydan tashqarida qiynalmasligi uchun uy-joy, sep, keragicha pul hadya etish va er topib berishga mas’ul bo‘lgan.
Umuman olganda, hozir ham Turkiyadagi boyvachchalar xonadonida haramlar yo‘q emas. Arab davlatlarida ham erkaklar o‘z haramiga ega. Faqat ularga shariat qonuniga ko‘ra, to‘rttagacha xotin olish uchun izn beriladi xolos.
Endi yana o‘rta asrga qaytsak. «Haram» atamasining o‘zi bu ish halol emasligini ko‘rsatib turibdi. Qolaversa, o‘sha davrda yashagan sultonlar, podsholar, knyazlar, xullas hukmdorlar shariat qonunlariga bo‘ysunishgan. Shariatda esa begona ayol bilan nikohsiz to‘shakda yotish qat’iyan qoralanadi va bu zino sifatida qabul qilinadi. Hukmdorlar bo‘lsa, bu qonunni ham o‘zlariga bo‘ysundirgan holda qul qilib olib kelingan qizlarni, kanizaklarni shaxsiy mulki hisoblashgan. Shaxsiy mulk bilan esa yotish-turish gunoh emas deya dunyoga jar solishgan.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”