A’robiy so‘radi:
– Ey Allohning Rasuli, tuyani bog‘laymi yoki erkin qo‘yib, tavakkul qilaymi?
Rasul sollallohu alayhi vasallam buyurdilar:
– Bog‘lab tavakkul qil!
Yana Alloh Rasuli sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
– Agar Allohga haqiqatan tavakkul qilsangiz bormi, u erta bilan och chiqib, kechqurun to‘q qaytgan qushlarni rizqlantirgani kabi sizlarni ham rizqlantiradi.
Shaqiq Balxiy rizqni ta’minlash uchun ishlamas, rizq topishga bahona izlamasdi. Bir payt haj sabab bo‘lib, Makkada Ibrohim ibn Adham bilan uchrashib qoldi.
Ibrohim ibn Adham undan rizq topish uchun bunday harakat qilmasligingga sabab nima, deb so‘radi. Shaqiq Balxiy hikoya qildi:
– Qachonlardir bir payt cho‘l sari yo‘lga chiqqandim. Cho‘l o‘rtasida qanoti siniq bir qushni ko‘rdim. Harakat qilmas, ucholmas edi. O‘zim-o‘zimga: «Qani, ko‘ray-chi, bu qush qayerdan va qanday oziqlanarkin!» – dedim va bir oz nariroqda berkinib, kuta boshladim. Tuyqusdan og‘zida chigirtkasi bilan bir qush uchib keldi va chigirtkani qanoti siniq qushning og‘ziga soldi.
Shundan keyin men ham o‘z-o‘zimga dedim:
– Bu sog‘lom qushga bu qanoti siniq qushni ta’minlatgan Alloh meni ham ta’minlagay!
Keyin ishlashni tashladim, faqat ibodat bilan band bo‘la boshladim. Shunda Ibrohim ibn Adham dedi:
– Nechun sen nogiron qushni ta’minlovchi sog‘lom qush bo‘lmaysan? Harakat qiluvchi qush bo‘lsang yanada fazilatli va yanada sharafliroq bo‘larding! Eshitmaganmisan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday buyurganlar: “Bergan qo‘l olgan qo‘ldan xayrliroqdir”. Hamda doimo har ishda har narsaning eng yuksak darajasiga tolib bo‘lmoq mo‘min uchun shon-sharaf hisoblanadi. Chunki Allohning solih bandalari martabaga faqat shu tarzda yuksaladilar.
Ibrohim ibn Adhamning bu so‘zlarini eshitgan Shaqiq Balxiy yanglish yo‘lda yurganini anglab yetdi, uning qo‘lini o‘pdi va: “Sen mening ustozimsan!”, dedi.
Abu Homid G‘azzoliy
Manba:islom.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”