XX asrdagi arab adabiyoti darg‘alaridan biri bo‘lgan suriyalik mashhur adib, faqih, qozi va mutafakkir olim Ali Tantoviy (1909-1999 m.) o‘zining "Baxtiyorlik" nomli maqolasida quyidagicha so‘z yuritadi:
Dunyoga mashhur olmon faylasufi Immanuel Kantning tarjimai holiga ko‘z yugurtirayotgandim, qiziq bir voqeaga duch keldim. Qo‘shnisining bir xo‘rozi bo‘lib, uni aynan Kantning ish kabineti ro‘parasidagi tomga chiqarib, qo‘yardi. Olim har safar o‘z ishiga kirishay deb turganda xo‘roz qichqirib, bezovta qilar va fikrini sochib yuborardi. Ayni holat Xudoning bergan kuni takrorlanardi.
Oxiri, bundan bezor bo‘lib ketgach, bir kuni o‘z xizmatchisiga pul berib, qo‘shnining o‘sha xo‘rozini necha pul bo‘lsa ham sotib olishni va o‘sha kuniyoq so‘yib, go‘shtidan pishirib berishni buyurdi. Va o‘sha kuni birga tushlik qilishga do‘stlaridan birini uyga taklif ham qildi.
Kant va uning mehmoni ikkovlon xo‘roz go‘shtidan tayyorlangan birinchi va ikkinchidan iborat lazzatli tushlikni kutib, samimiy suhbat qurib o‘tirarkanlar, olim do‘stiga mazkur xo‘roz unga qanchalar azob va bezovtalik yetkazgani va axiyri, undan qutulgach naqadar kuchli rohat va xotirjamlikka erishgani haqida to‘lqinlanib so‘zlab berardi. Ortiq, xo‘roz uni bezovta qilmaydi, chunki, u xizmatkori tomonidan so‘yilib, allaqachon qozonga solingan edi.
Shu asnoda xizmatchi taomni keltirdi va biroz kech qolishining sababini ochiqlarkan, qo‘shni xo‘rozini sotishdan bosh tortgach, to‘g‘ri bozorga borib, boshqa bir xo‘roz olib kelgani va uni so‘yib, pishirguncha hiyla vaqt o‘tib ketganligini anglatdi.
Shu payt Kant yana sergak tortdi, quloqlari tiyraklashdi. Qarasa, xo‘roz hali ham qichqirayotgan ekan...
Mazkur buyuk faylasuf bilan sodir bo‘lgan ushbu voqea xususida biroz tafakkur yuritgach, shunga amin bo‘ldimki, – deya so‘zini davom ettiradi adib – u aynan mana shu xo‘roz uchun baxtiqaro bo‘libdi, chunki, u qichqirardi. Ayni damda yana o‘sha xo‘roz tufayli baxtiyorlik his qilgan, vaholanki, u hali ham avvalgidek qichqirib turardi.
Voqe’lik o‘zgarmadi balki, faqatgina uning ruhiyati va ongi o‘zgardi xolos. Uni baxtiqaro qilgan ham ongu tafakkuri edi, aslo xo‘roz emas. Shuningdek, unga baxtiyorlik lahzalarini tottirgan ham o‘sha nafsi edi.
Shundan so‘ng o‘zimga o‘zim xitob qildim: modomiki, saodat o‘z qo‘limizda ekan nechun uni o‘zgalardan qidiramiz?
Modomki, u bizga juda yaqin ekan, nima sababdan unga noto‘g‘ri yo‘ldan borish va boshqa eshikdan kirishga harakat qilish orqali o‘zimizdan uzoqlashtiramiz?
Aytaymi, bizning ahvolimiz qanday?! Biz yoqimsiz ovozidan qutulish uchun "xo‘roz"ni so‘yishga harismiz lekin, uni so‘ygan taqdirimizda ham, onida o‘sha yerda yuzlab xo‘roz paydo bo‘ladi. Chunki, Yer yuzi "xo‘rozlar" bilan to‘la. Biroq, "xo‘roz"larni Zamin yuzidan yo‘qotishga qodir emas ekanmiz, loaqal ularni miyamizdan chiqarib tashlashga qodirmiz-ku.
To‘g‘ri, xo‘rozlarning og‘zini o‘zimizga nisbatan butkul yopib qo‘ya olmaymiz ammo, o‘z quloqlarimizni ularning tovushidan yopishga imkonimiz bor-ku.
Borliqdagi barcha narsani o‘z xohish-istaklarimizga mos qilib qo‘ya olmayotgan ekanmiz, nima uchun xohishlarimizni borliqdagi narsalarga moslamasligimiz kerak?!
Saodatga qovushmoqchimisiz, unda o‘z ongingizdan "xo‘roz"ni chiqarib tashlang!..
Ali Tantoviy rohimahullohning
"Saodat" nomli maqolasidan
Alisher SULTONXO‘JAYeV tarjimasi
"Saodat" nomli maqolasidan
Alisher SULTONXO‘JAYeV tarjimasi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”