Islomda poklik iymondan hisoblanadi. Islom poklik va poklanish ishlariga o‘ta jiddiy qaraydi. Dunyoda Islomdan boshqa hech bir din, tuzum yoki falsafa poklikni va ozodalikni iymonga tegishli darajaga ko‘tarmagan.
Islomda esa bu iymon ishi bo‘lishi bilan birga, poklik bo‘lmasa, bandaning ibodati ham qabul bo‘lmaydi. Islomda barcha ibodatlarning qabul bo‘lishi uchun avvalo, bandaning qalbi, niyati pok bo‘lishi kerak.
Qolaversa, ibodatlarning qabul bo‘lishi uchun insonning butun tanasi, kiyim-boshi va hatto ibodat joyi ham pok bo‘lishi shart. Pok bo‘lganda ham katta-yu kichik, ko‘zga ko‘rinadigan-u ko‘rinmaydigan barcha nopokliklardan holi bo‘lishi kerak. Ana shundoq poklikka ega bo‘lmagan banda Allohga ibodat qila olmaydi. Bizda poklik yo‘lida qilingan har bir ish yuqori baholanadi va uni qilgan kishiga ulkan ajr-savoblar, oliy martabalar bor.
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarni Alloh xatolarni o‘chiradigan, darajalarni ko‘taradigan narsaga dalolat qilaymi?» dedilar. Ular: «Albatta,ey Allohning Rasuli», deyishdi. U zot: «Qiyinchiliklarga qaramay, tahoratni yaxshilab qilish, masjidlarga qadamni ko‘paytirish va namozdan so‘ng namozni intizor bo‘lib kutish.
Ana o‘sha siz uchun «murobitlik» dir», dedilar».
Islomda musulmonlarni dushmanlar hujumidan himoya qilish uchun shay bo‘lib, chegara qo‘riqlab turgan odam «murobit» deyiladi. Bu hadisda zikr qilingan amallarni bajaruvchi kishilar esa, mazkur amallarni ado etish uchun havoyi nafslarini jilovlab turganlari sababidan «murobit» deb atalmoqdalar. Ular ham chegarada vatan himoyasiga shay turgan murobitga o‘xshatilmoqda. Xatolarimiz yuvilsin, darajalarimiz baland bo‘lsin desak, qiyinchiliklarga qaramay, tahoratni yaxshilab qilaylik, masjidlar tomon bosadigan qadamlarimizni ko‘paytiraylik va namozdan keyin yana navbatdagi namozni ishtiyoq bilan intizor bo‘lib kutaylik.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Vaqtiki, musulmon yoki mo‘min banda tahorat qilsa, bas, u yuzini yuvganida o‘sha suv yoki o‘sha suvning oxirgi qatrasi ila uning ikki ko‘zining nazari orqali qilgan xatolari yuzidan to‘kiladi. Vaqtiki, ikki qo‘lini yuvsa, o‘sha suv yoki o‘sha suvning oxirgi qatrasi ila uning ikki qo‘li bilan qilgan xatolari to‘kiladi. Vaqtiki, ikki oyog‘ini yuvsa, o‘sha suv yoki o‘sha suvning oxirgi qatrasi ila ikki oyog‘i bilan yurib qilgan xatolari to‘kiladi. Shundoq qilib, u gunohlardan pok bo‘lib chiqadi» dedilar». Musulmon kishi tahorat qilish uchun qaysi bir a’zosini yuvsa, o‘sha a’zosi poklanishi tufayli sodir bo‘lgan gunoh to‘kilishi ta’kidlanmoqda.
Musulmon banda tahorat qilayotganda yaxshi niyat bilan Alloh taolodan astoydil tilab ushbu hadisi sharifni eslagan holda har a’zosini yuvayotib: «iloho, ushbu a’zolardan sodir bo‘lgan gunohlarim to‘kilgan bo‘lsin», deb so‘rasa ,inshaalloh, maqsadi hosil bo‘ladi. Chunki tahorat qilish ham avval aytib o‘tilganidek,o‘ziga xos ibodatdir.
Peshko‘ tuman «Bobo Arab» jome
masjidi imom xatibi
Dilshod BOLTAYeV
masjidi imom xatibi
Dilshod BOLTAYeV
Manba: O‘MI Buxoro viloyati vakilligi “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”