Ko‘pincha ota-onalar farzandlarining kun tartibiga amal qila olishmaydi, shuning uchun ham undan voz kechadilar. Psixologlarning aytishicha, taym-menejment bolalarning rivojlanishi uchun juda muhim jarayon. Uning yordamida farzandlarimiz hordiq va ish o‘rtasidagi chegarani belgilashni o‘rganadilar.
Bugun ota-onalarning ko‘pchiligi tartibga qarshi chiqishmoqda. Ularning bu boradagi fikrlari quyidagicha:
- yosh bolalarga taym-menejment kerak emas;
- kun tartibi – o‘tmish sarqiti;
- kun tartibiga amal qilish juda mushkul;
- taym-menejment – bolada ijodiy salohiyatning rivojlanishiga xalaqit qiladi.
Biroq bu fikrlarga qaramay, kun tartibi bolalar uchun zarur. Ayniqsa bugun ular o‘yin va turli gadjetlarga ko‘p vaqt sarflayotgan bir paytda. Bolalar qancha vaqtni o‘yinga va qanchasini dam olish uchun sarflashni tushunmaydilar. Aniq tartib ana shu chegaralarni belgilashda yordam beradi.
Taym-menejmentning ijobiy tomonlari
- Bola barcha ishlarni o‘z vaqtida bajarishga odatlanadi – uyg‘onish, tishlarni tozalash, ovqatlanish, sayrga chiqish, o‘ynash, uxlash;
- immunitet mustahkamlanadi;
- bolalar bog‘chasi va maktabga o‘rganish yengillashadi;
- bola ancha tartibli bo‘ladi.
Shunday qilib, taym-menejment – foydali narsa. Farzandingizni tartibga o‘rgatishga harakat qiling va tez orada uning ijobiy natijasiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”