
- Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda ko‘rasan. Agar uyquning o‘rniga o‘qishni tanlasang, orzularingni hayotda ko‘rasan.
- Qachonki sen hammasiga juda kech bo‘ldi, deb o‘ylasang, aslida hali erta bo‘ladi.
- O‘qish azobi — vaqtinchalik. Bilmaslik azobi — abadiy.
- O‘qish — bu vaqt sarflash emas. O‘qish — harakat qilish.
- Hayot faqat o‘qishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib o‘ta olmasang, nimaga ham qodir bo‘la olarding?
- Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan.
- Kimki hammasini erta qilsa, o‘zining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi.
- Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat o‘z ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi.
- Vaqt uchadi. Hozirgi so‘laging ertaga ko‘z yoshi bo‘ladi.
- Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan.
- Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir.
- Sening topadigan puling – olgan biliming darajasiga proporsional.
- Bugun hech qachon qaytib kelmaydi.
- Hozir hattoki dushmanlaring ochlarcha kitoblarni varaqlamoqda.
- Qiyinchiliklarsiz maqsadga yetib bo‘lmaydi.
Manba: "Xalq so‘zi" “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar