16:30 / 31.12.2018
15 570

2019 yil "Baliq" burji sohiblariga nimalarni va’da qilmoqda?

2019 yil "Baliq" burji sohiblariga nimalarni va’da qilmoqda?
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
UMUMIY TA’RIF

2019 yil martabangiz oshib, ko‘plab moliyaviy yutuqlarga erishishingiz kutiladi. Jamiyatdagi o‘rningiz mustahkamlanadi.

Yozda ko‘pchilik shaxsiy biznesini muvaffaqiyatli tarzda ochishga muyassar bo‘ladi. Agar yaxshigina pul tiksangiz, yil oxiriga borib uyingiz pulga to‘lishi tayin. Oilali do‘stlarimiz shaxsiy hayotda ham muvaffaqiyatli lahzalarga oshno bo‘lishadi. Yil davomida oilaviy bayramlarni tez-tez tashkil etib turishingiz so‘raladi.

Oila qurishga ulgurmaganlar yil mobaynida bo‘lg‘usi juftini albatta uchratadi. Aksariyat birodarlarimiz to‘y taraddudiga tushishadi.
To‘ng‘iz yilida xavfli virusli va shamollash bilan bog‘liq xastaliklarga chalinishdan saqlaning. Ayniqsa, ayollar bu sohada juda ehtiyot bo‘lishlari zarur.
MUHABBATI

Baliq burji vakillari muhabbat bobida juda ehtiyot bo‘lishlari lozim. Tashqarida qarama-qarshi jins vakil yo vakilalari bilan ishqiy sarguzashtlarga berilsangiz, bir martalik shunday xufiyona uchrashuv siz uchun bir yilga tatiydi. Ishlaringizdan unum ketadi, uyingizdan, o‘zingizdan fayz ketadi.

Qalbingizni o‘z juftingizga qancha kerak bo‘lsa, oching, unga muhabbatlar izhor qiling, izhorlarga uyingiz to‘lsin, mayli. Baxtli bo‘lasiz. Oila qurmagan bo‘lsangiz, yil o‘rtalariga borib to‘y tadorigini ko‘ra boshlaysiz. 2019 yil oxiriga qadar albatta oila qurasiz. Faqat juft tanlashda adashmang. Hushyor bo‘ling.
OILASI

2019 yil bo‘yi oilaviy bayramlar, mehmondorchiliklar uyushtiring. Olisda yashaydigan qondoshlaringizni mehmonga chaqiring yoki o‘zingiz oilangiz bilan ularnikiga mehmon bo‘lib boring. Mehr ko‘zda ekaniga shunda amin bo‘lasiz.

Kuzga borib oilali do‘stlarimiz xonadonida chaqaloq dunyoga kelishi ehtimolga yaqin. Bu ham Yaratganning sizga hadya etgan yana bir mukofoti. Oilasiz bo‘lsangiz, birinchi navbatda illyuziyadan qoching. Taqdirdan nolimang. Baxt topish uchun avvalo o‘zingiz harakatlar sodir eting. Yil davomida uyingizni, oilangizni pokiza tuting. Shunda barakaning hammasi sizda bo‘ladi, inshoolloh.
MOLIYaVIY AHVOLI

2019 yili shaxsiy biznesingizni ochishingiz uchun qulay imkoniyatlar yuzaga keladi. Ulardan o‘z vaqtida, ustalik bilan foydalana bilsangiz, albatta biznesmenga aylanasiz. Xayriya masalasiga alohida e’tibor qarating. Siz zoriqqanga birni bersangiz, xudo sizga o‘nni beradi. Bu yillar davomida sinalgan haqiqatdir.

Pul ko‘p bo‘lishi uchun har bir bajarilayotgan ishga ijodiy, sof dil bilan yondashishingiz zarur. Tijoratchi bo‘lsangiz, mahsulotlaringizni xaridorlarga maqtashda uyalib o‘tirmang. Ayrimlar 2019 yili yuqori lavozimga tayinlanishi mumkin. Moddiy ahvolingiz shuning orqasidan ham yaxshilanishi ehtimoldan xoli emas.
SALOMATLIGI

To‘ng‘iz yilida salomatligi yaxshi bo‘lishini istaganlar yilning ilk kunidanoq harakatchanlikka e’tibor qaratishlari kerak. Ertalablari yugurish, jismoniy mashqlar, profilaktika salomatlik manbai sanaladi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar yil bo‘yi muolajalar, profilaktikani unutib qo‘ymasinlar. Velosipedda ko‘proq sayr qiling. Tabiat qo‘yniga chiqib keting. Yangi yilda immunitetingiz tushmaydi. Demak, gripp, shamollash kabi xastaliklar sizga yaqinlasha olmaydi. Xastalikka chalinganlar bilan iloji boricha muloqot qilmang. Ayrimlarning gemoglabini tushib ketishi mumkin. Buni olma kabi vitaminga boy mevalar, sabzavotlar ko‘taradi.
TO‘NG‘IZ YILIDA TUG‘ILGAN MAShHURLAR

Rus bastakori Modest Musorgskiy, aktyor Sergey Yurskiy, fransiyalik rejissyor Lyuk Besson (Luc Besson), amerikalik bokschi Sheyn Mosli (Shane Mosley).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 2019 yil "Baliq" burji sohiblariga nimalarni va’da qilmoqda?