Bir dehqon dalasiga makkajo‘xori ekar edi. U yerga har qanday urug‘ni ham ekavermas, balki faqat oliy navli, sifatli urug‘ni qadardi. Dehqon mamlakatda eng yaxshi mahsulot egasi sifatida bir qancha mukofotlarni ham qo‘lga kiritgandi. Ordenlari tobora ko‘payib borarkan, matbuot ham unga qiziqa boshladi. Muxbirlardan biri dehqonning ekinzoriga borib, u bilan ko‘rishmoqchi, suhbatini olmoqchi bo‘ldi. Tabiiyki, uni eng ko‘p qiziqtirgan narsa bu dehqonning muvaffaqiyat siri edi.
Muxbirning savoliga u shunday javob berdi:
– Bularning barchasiga sabab shuki, men hamisha urug‘larimni qo‘shnilarim bilan bo‘lishaman, mukofot olgan mahsulotimning urug‘idan ularga ham beraman.
– Qanaqasiga? – hayron bo‘ldi muxbir. – Qanday qilib eng yaxshi urug‘laringizga qo‘shnilaringizni sherik qilasiz? Axir ular ham muvaffaqiyatga erishib, sizga raqobatchi bo‘lishlari mumkinligini bilasiz-ku!
Dehqon javob berdi:
– Xo‘sh, nima qilibdi?! Siz shamol pishgan makkajo‘xori changlarini daladan dalaga tashib, changlatishini bilmaysizmi? Agar qo‘shnilarim yomon navli, sifatsiz urug‘ ekishsa, aniqki, changlatish jarayonidan so‘ng mening ekinlarimning sifati ham yomonlashadi. Agar men yaxshi makkajo‘xori hosilini olishni istasam, qo‘shnilarimga ham aynan shunday qilishlariga ko‘maklashishim kerak bo‘ladi…
Hikoyada jo bo‘lgan hikmat tom ma’noda kundalik hayotimizga aloqadordir. Kimki o‘z ekinzori – hayotini yaxshilab, go‘zal hosil olishni xohlasa, atrofidagi kishilarga ko‘maklashishi kerak ekan. Kim farovon turmush kechirmoqchi bo‘lsa, yaqinlarining ham kengchilikda yashashlariga yordam bersin ekan. Kim muvaffaqiyatga erishishni istasa, do‘stlarini ham muvaffaqiyatga erishishlari uchun qo‘llab-quvvatlashdan charchamasligi lozim ekan.
Ibrat: baxt-saodat izlayotgan kishi atrofidagilarni baxtli qilishga tirishsin, zero bir kishining baxti atrofidagi ko‘pchilik yaqinlarining baxti bilan chambarchas bog‘liqdir.
Arab tilidan Zarnigor Ahmadaliyeva tarjimasi
Manba: muslimaat.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?