Ot: (1906, 1918, 1930, 1942, 1954, 1966, 1978, 1990, 2002, 2014)
UMUMIY TA’RIF
2019 yili ot muchalida tug‘ilganlar qancha ko‘p harakat qilsa, shuncha ko‘p muvaffaqiyatni qo‘lga kiritadi. To‘ng‘iz yili ularga nafaqat yuqori lavozim, balki mo‘may daromadni ham va’da qilmoqda. Faqat sizga yangi yilda qo‘shimcha ishga o‘tish tavsiya qilinmaydi. Aks holda yaqin insoningizning noroziligiga bahona topiladi. U ko‘proq vaqt uyda, uning yonida bo‘lishingizni xohlaydi.
Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishda ham omadingiz chopadi. Ayrimlar yil o‘rtalariga borib boshqa shaharga, yoki yangi uyga ko‘chib o‘tishlari mumkin. Oilasiz bo‘lsangiz, xuddi o‘sha yerda bo‘lg‘usi yoringizni uchratasiz. Oilali bo‘lsangiz, o‘sha yangi manzilda farzandli bo‘lishingiz ehtimoli bor. Salomatlikni nazoratdan qochirmang.
SALOMATLIGI
Haqiqatan, 2019 yili salomatligingizga alohida e’tibor qaratmasangiz bo‘lmaydi. Biror yeringiz og‘risa-yu, muolajani ortga suraversangiz, oxiri bu xastalik surunkali aylanib ketadi. Yurakni va asab tizimini juda ehtiyot qiling. Buning uchun kamroq asabiylashishingiz, zararli odatlarga berilmasligingiz, vaqtida dam olishingiz, ko‘proq piyoda sayr qilishingiz, to‘g‘ri ovqatlanishingiz kerak.
Ortiqcha vazn ham sizning dushmaningiz ekanini unutmang. Iloji boricha ko‘cha ovqatini yemang, meva, sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qiling.
AYoLLAR
2019 yili ot muchalida tug‘ilgan ayollar shaxsiy hayotida tanaffuslar yuzaga keladi. Tanaffuslar ijobiylikka xizmat qiladi, ishoning. Bu yil yangi uyga ko‘chishingiz, yangi ishga o‘tish, oilasiz bo‘lsangiz, bo‘lg‘usi juftingiz bilan uchrashib tanishishingiz uchun qulay va xayrli kechadi.
Oilasizlarning aksariyati shu yil oxiriga yetmay, albatta baxtini topadi. Mavqe masalasi ham mabodo ishlab turgan yeringizdan bo‘shab boshqa ishga o‘tib ketmasangiz, ijobiy hal bo‘ladi. Moddiy ahvolingiz havas qiladigan darajada yaxshi kechadi.
ERKAKLAR
2019 yil boshidayoq shaxsiy hayotingizga obdon nazar soling. Mustaqil bo‘lishingiz, zararli odatlardan voz kechishingiz uchun yil juda samarali keladi. Ba’zilar boshqa ishga o‘tishlari kutiladi. Ayrimlar esa aksincha ishlab turgan yerida unib-o‘sib, martabaning yuqori cho‘qqilarini egallashlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Moddiy ahvolingiz yil oxiriga borib yaxshilanadi. Yil so‘ngida tadbirkorlar foydali kelishuvga erishadi, xodim sifatida ishlaydiganlar katta miqdorda mukofot puli oladi.
Shaxsiy hayotda ham omadingiz kuladi. Yolg‘iz bo‘lsangiz, yoz oylarida ajoyib bir inson bilan tanishasiz. Bu voqea kutilmaganda, sershovqin davralardan birida sodir bo‘ladi. Oilalilar uchun turmush o‘rtog‘i haqiqiy do‘st, hamkor, suyukli yor bo‘lib qoladi. Ularning sabri, matonati bois siz yil bo‘yi yoqimli garmoniya qurshovida bo‘lasiz.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?