It: (1910, 1922, 1934, 1946, 1958, 1970, 1982, 1994, 2006, 2018 yy)
UMUMIY TA’RIF
2019 yil it muchalida tavallud topganlarga xotirjamlik va muammolar kam bo‘lishidan darak bermoqda. Ishdami, shaxsiy hayotdami, muammolarni qisqa fursatda bartaraf etish imkoniga ega bo‘lasiz.
Agar oilalilarning biri it muchalida tug‘ilgan bo‘lsa, bilsinlarki, 2019 yili bu oilada yangi mehmon dunyoga keladi. Yil davomida puldan qiynalishni xohlamasangiz, yanvardanoq pul yig‘ishni boshlang. Zararli odatlardan voz keching. Faol va sog‘lom hayot tarzini boshlang. Oilasizlarning aksariyati to‘ng‘iz yili oxiriga borib uylanishlari, turmushga chiqishlari kutiladi.
SALOMATLIGI
2019 yili ham har doimgidek salomatligingiz haqida qayg‘urishdan to‘xtamang. Uvs sxlash, toza havoda sayr qilmaslik, doimiy tarzda asabiylik holatida bo‘lish ko‘ngilsizliklarga olib keladi.
Sizni bezovta qilishi mumkin bo‘lgan asosiy xastalik ham oshqozon-ichak va asab tizimi hisoblanadi. Shuning uchun vaqtida uxlashga, ko‘proq dam olishga harakat qiling.
Jismoniy zo‘riqishlar 2019 yili me’yordan oshmasa, albatta salomatlikni tiklashda yordam beradi. Sport, ayniqsa, suzish mashqlari, velosipedda sayr it muchali vakillariga doimiy hamroh bo‘lib qolishi zarur.
AYoLLAR
It muchalida tavallud topgan ayollar dunyodagi eng sadoqatli va mehribonlar hisoblanadi. Bundan tashqari, ular haqiqatparvardirlar. Ammo to‘ng‘iz yilida haddan ziyod haqiqat izlashingiz, boshqalardan adolat talab qilishingiz o‘zingizga ziyon yetkazib qo‘yishi mumkin.
Yil davomida sevimli xobbingizga ham alohida e’tibor qarating. Agar xobbingiz bo‘lmasa, qidirib toping. Faqat daromad keltiradiganini toping. Oilali ayollar hayoti xuddi ertaklardagidek kechadi. Siz juftingizning qaynoq muhabbatidan zavq olib yashaysiz.
ERKAKLAR
2019 yil it muchalida tug‘ilgan erkaklar uchun faqat yaxshiliklarni va’da qilmoqda. Kimdir anchadan beri shaxsiy biznesini ochish orzusida yashagan bo‘lsa, to‘ng‘iz yilida imkoniyatlarning barcha eshiklari ochiq bo‘ladi. Ijodkorlar hayoti ham kutilganidan-da, yaxshiroq, unumliroq kechadi.
Shaxsiy hayotda esa doimo emotsiyani jilovlagan holda ish tuting. Bu nafaqat oilali, balki yolg‘izlarga ham faqat ziyon yetkazadi. Oilasizlar yangi yil mobaynida albatta baxt qasrining kalitini qo‘lga kiritishadi. Yil bo‘yi atrofdagilar bilan ko‘proq muloqot qiling. Hazil-mutoyibaga keng o‘rin bering.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?