Qiz bola borki, turli xil zirag-u bilaguzuklar, tillazanjir hamda uzuklar taqib olib, gulday ochilib yurishni yoqtiradi. Toʻgʻrida, yarashiqli taqinchoq hamisha qiz bolaning koʻrkiga koʻrk, nafosatiga nafosat qoʻshib turadi. Ammo mana shu nafosatga rahna solayotgan bir yov bor…
Bu- noanʼanaviy, jimjimador taqinchoqlardir. Hozirda bunday taqinchoqlarning turlari kundan-kunga ortib bormoqda. Qizigʻi shundaki bunday taqinchoqlarning hammasi ham tilla emas. Ularning koʻpchiligi ikki-uch kunda oʻz rangini yoʻqotadigan, sifatsiz metallardan tayyorlanadi. Toʻgʻri, oltin taqinchoq inson organizmi faoliyatini yaxshilaydi, buni tibbiyot tasdiqlagan.
Lekin yuqorida aytganimizdek kauchuk va metalldan tayyorlanganlari-chi? Uning foydasi bormi? Menimcha yoʻq. Negaki bunday taqinchoqlar nafaqat moddiy zarar, balki maʼnan ham ziyondir. Buning bilan men bunday taqinchoqlarni qoralamoqchi emasman. Chunki ularning orasida ixcham va bejirimlari ham bor. Hammaning ham tilla taqishga qurbi yetmaydi. Bunday hollarda qizlar ota-onaning boʻyniga “dugonam unday zirak taqibdi”, “falonchi bunday uzuk taqibdi” deb osilib olishi, bu- maʼnaviy qashshoqlik belgisi. Bunday farzand na ota-onani rozi qila oladi, na vatanga manfaat keltira oladi. Shuni bilamanki, oqila qiz aslo bunday yoʻl tutmaydi.
Ammo afsuski oramizda mana shunday zeb-u ziynatga oʻch qizlar ham uchrab turibdi. Zuhrolar, Kumushbibilar faqat ertakda qolib ketyapti. Yoʻllarda, jamoat joylarida ketayotsang ortiqcha yasan-tusanga berilgan qizlarga koʻzing tushadi: ayrimlarida bir qarich kelgulik ziraklar, yana birida aylanasi bilaguzukdan ham kattaroq xillari… Achinib ketasan kishi. Bularning, ikki-uch qator qilib teshilgan qulogʻiga kuyasanmi, yoki burniga taqib olgan qoshchasigami? Bu koʻrinish orqali kimga yoqmoqchimiz oʻzi?
Oʻylaymanki, bu holatdagi qizni koʻrgan har qanday “Oq otli shahzoda” orqasiga qaramay qochadi. Haqiqatan, tor shimda yoki mini yubkada yoxud hali aytganimizday ortiqcha zeb-ziynatga burkanib yurgan qizdan nima kutish mumkin? Muqaddas dinimizda ham bunday holatlar qattiq qoralanadi. Baʼzan mana shunday “modachi” opa-singillarimizga qarata: Siz yuqoridagi kabi soxta goʻzalliklarsiz ham tabiiy goʻzalsiz, jamolingiz oy bilan talashadi. Ammo odobingiz, ichki dunyoingiz ham shunga yarasha boʻlmogʻi kerak. Axir biz oʻzbek qizlarimiz, degim keladi. Shunday ekan, bizga havaslanib boqqan nigohlar bizni borimizcha sevsin…
Aziza MADRAHIMOVA
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?