15:10 / 12.01.2019
6 138

Komillikka erishishning 40 qoidasi

Komillikka erishishning 40 qoidasi
Atrofdagilar munosabatning o‘ziga yarasha qonun-qoidasi bor. Komil inson bu qoidalarni yaxshi bilishi kerak. Allohga, payg‘ambarlarga, sahobalar, salafi solihlar, o‘tmishdagi buyuk shaxslar, ustozlar, do‘stu birodar, oila a’zolar, bolalarga xos bo‘lgan munosabat odobi bor. Quyida komillikning qirq futuvvat odobini baham ko‘rishni lozim topdik.

1. Har bir mo‘minni birodar biling va birodarlik munosabatini o‘rniga qo‘ying.
2. Qiyinchilikda ham, yengillikda ham, torlik va farovonlikda bir xil holatda bo‘ling.
3. Barcha maxluqotga; jonivorlarga, insonlarga, jumladan keksalar va bolalarga mehr-shafqat bilan xizmat qiling.
4. Insonlar sizga qanday munosabatda bo‘lishini istasangiz, ularga shunday, hatto undan-da yaxshi munosabatda bo‘ling.
5. O‘zingizga ravo ko‘rganni birodaringizga ham ravo ko‘ring.
6. Boshqalarning manfaatini o‘z manfaatingizdan ustun ko‘ring.
7. Nafsingizga dushman bo‘ling. Nafsga harom rohatni man qiling.
8. Kam yeng, kam uxlang, kam gapiring, lag‘v va behuda ishlarni tark qiling.
9. Buyurilganlarga amal qiling, man etilganlardan saqlaning.
10. Kin tutmang, hasad qilmang, zolimga dushman bo‘ling.
11. Sunnatlarga qat’iy amal qiling. Makruhlarga yaqinlashmang.
12. Qarindoshlik rishtalarini uzmang. Marhamatli bo‘ling, ziddiyatlardan qoching.
13. Sabrli bo‘ling. Gunoh ishlardan tashqari har doim do‘stlaringizni qo‘llab-quvvatlang.
14. Avval qalbingizni, so‘ng tashingizni go‘zal qiling. Qalbingizni zikr bilan, tashingizni ibodat va go‘zal axloq bilan ziynatlang.
15. Do‘stlaringizga va ehtiyojmandlarga tamasiz, minnatsiz yordam qiling.
16. Yomonlikka yaxshilik bilan javob qiling. Bermaganga bering, kelmaganga boring.
17. Xatolarni yashiring; O‘z xatolaringiz bilan shu qadar mashg‘ul bo‘lingki, boshqalarning aybu xatosini muhokama qilishga vaqtingiz qolmasin.
18. Da’vat qilinmasangiz-da, qarindoshlaringizni ziyorat qiling. Zarar bermang, zarar ko‘rmang.
19. Taklif va takallufdan uzoq turing.
20. Allohning ne’matlariga shukr qiling, tortiqni aybsitmang.
21. Odamlarga qo‘shiling, do‘st bo‘ling, lekin to‘g‘ri yo‘ldan og‘ishtiradigan, xatolarga boshlaydiganlar bilan emas.
22. Birovga nasihat qilsangiz faqat o‘ziga qiling. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, nasihat va o‘gitlarni, tanqidlarni tavozeyu mamnuniyat bilan qabul qiling.
23. Saxiy bo‘ling. Hatto muhtojlikda ham ko‘zi to‘q, qanoatli bo‘ling.
24. Do‘stlaringizni qadrlang, vafodor bo‘ling, eski do‘stlikni uzaytiring.
25. Samimiyat va zavq bilan insonlarga yegulik tortiq qiling, hadyalar ulashing.
26. Yaxshilikda va dasturxon yozganda eng yaqin do‘stingi hamda eng uzoq begonaga bir xil munosabatda bo‘ling.
27. Do‘stlaringiz sizning ashyolaringda o‘zinikidek foydalanishiga imkon bering.
28. Musofir va faqirlarni yaxshi ko‘ring. Ularga yaxshi munosabatda bo‘ling. Faqirni kamsitmang, boylarga qullik qilmang.
29. Ochiq ko‘ngil, qo‘li ochiq bo‘ling. Har bir amalingizni xolis Alloh uchun bajaring.
30. Alloh yo‘lida sarflaganingizni haqiqiy boylik deb biling.
31. Yaxshiliklaringizni unuting, javob kutmang. Minnat qilib, mahrum bo‘lmang. O‘zingizga qilingan yaxshiliklarni unutmang va undan ham yaxshi javob qiling.
32. Nafsingizni har doim taftish qiling. Xatti-harakatlaringizni idora qiling, xatolaringizga tavba qiling va isloh eting.
33. Ehtiyojingizga o‘zingiz yarang. Hech kimga yuk bo‘lmang. Rizq Allohdan ekaniga qat’iy ishoning.
Har doim eng mukammal axloq va fazilatli amalni tanlang.
34. Jazolashga kuchingiz yetsa-da, kechiring. Ozor berish va jazolash o‘rniga kechirishni afzal biling.
35. Insonlarga husnu xulq bilan munosabatda bo‘ling. Ularga aqli va ilm darajasiga ko‘ra muomala qiling.
36. Mashaqqat cheksangizda, do‘stlaringiz xotirjamligi uchun harakat qiling. O‘z haqqingizdan kechishga to‘g‘ri kelsa, kechib yuboring, biroq, boshqalarning haq-huquqini har doim himoya qiling, xiyonat qilmang.
37. Dinda o‘zingizdan balandda, dunyoda o‘zingizdan quyida bo‘lganlar bilan do‘stlashing.
38. Hukmdorlarga itoat qiling. Vakolatli insonlar bilan ishlaringizni maslahatlashing va maslahatlariga amal qiling.
39. Din va axloqda baxil bo‘ling. Mol-dunyo borasida esa saxiy bo‘ling. Din va axloqingizdan hech narsani fido qilmang, mol-dunyoingizni esa boshqalar uchun sarflang.
40. Alloh va payg‘ambari Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni hammadan ko‘proq seving va buyuk Habibimiz sallallohu alayhi vasallamning barcha buyurganlariga rioya eting.

Hazrati Odam alayhissalomdan boshlangan futuvvat zanjirining Rasululloh sallalohu alayhi vasallam ummatlaridagi bayroqdori Hazrati Ali roziyallohu anhu va Hazrati Fotima roziyallohu anholardir. Barcha payg‘ambarlar,ashobi kirom, sallafi solihinlar va Islom tarixidagi buyuklar futuvvat yo‘lining yulduzlari hisoblanadi.
Umida ADIZOVA tayyorladi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Komillikka erishishning 40 qoidasi