Bir kishi ish stoliga oʻtirib, qoʻliga qalam oldi va oʻtgan yilgi xotiralarini qogʻozga tushira boshladi: “Oʻtgan yili oʻtpufagim amaliyot qilib olib tashlandi. Bir necha oyni yotib oʻtkazdim. Oltmish yoshga yetdim. Oʻttiz yil davomida ishlagan nashriyot uyidagi vazifamni tark etdim. Otam vafot etdi. Oʻgʻlim avtohalokatga uchragani, bir necha oy oʻqishga borolmagani bois bakalavrlik darajasidan mahrum boʻldi. Oʻtgan yil juda ham yomon yil boʻldi”.
Ayoli kirib keldi. Erining kayfiyatsiz oʻtirganini koʻrib, unga yaqinlashdi. Yelkasi uzra yozgan xatini oʻqidi. Hech narsa demay ohista xonani tark etdi. Bir necha daqiqadan soʻng, qoʻliga qogʻoz ushlab kirib keldi. Indamasdan eri yozgan xatning oldiga qoʻydi.
Eri unga qarab oʻqiy boshladi: “Oʻtgan yili uzoq yillar azob tortib kelayotgan oʻtpufagingiz ogʻriqlaridan xalos boʻldingiz. Oltmish yoshni qarshilagan boʻlsangiz ham, Allohning izni ila sogʻ-salomatsiz. Ishingizni tark etganingiz, uyda oʻtirib ajoyib asarlar yozishingizga imkon yaratib berdi. Otangiz toʻqson besh yil yashadilar. Hech kimga suyanib, moʻhtoj boʻlmadilar. Qiynalmasdan, ohista, tez va oson jon berdilar. Oʻgʻlingiz avtohalokatda oʻlimdan omon qoldi. Nogiron boʻlib qolmasdan, mashaqqatsiz tuzaldi. Alloh bizga oʻtgan yilni naqadar xayrli qildi. Hammasi yaxshilik bilan yakun topdi”, deb yozilgandi.
Ularning ikkalasi ham bir xil hodisani boshdan kechirishdi. Lekin har xil mulohaza qilishdi.
Xulosa
Biz doim kamchiliklarni koʻramiz. Shu sabab Allohning bergan neʼmatlari uchun shukr qilmaymiz. Bizdan olib qoʻyilgan narsalarni oʻylab, butun eʼtiborimizni shunga qaratamiz. Bizda hali ham bor boʻlgan neʼmatlarni unutamiz, esimizga ham kelmaydi.
Alloh taolo: “Kim bu dunyoning savobini xohlasa, unga oʻshandan beramiz. Kim oxiratning savobini xohlasa, unga oʻshandan beramiz. Va shukr qiluvchilarni mukofotlaymiz“ (“Oli Imron” surasi, 146-oyat) yana bir oyatda “Albatta, Alloh odamlarga fazl qiluvchidir. Lekin koʻp odamlar shukr qilmaslar”, (“Baqara” surasi 243-oyat) deydi.
Ey Robbimiz, bizni Oʻzingga koʻp shukr va zikr qiluvchilardan qilgin!
Neʼmatlar sizda boqiy qolishi uchun Allohga shukr qiling.
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?