15:58 / 16.01.2019
4 892

Hayot pushaymon qilish uchun juda qisqa...

Hayot pushaymon qilish uchun juda qisqa...
Ayol taksiga o‘tirdi va haydovchiga aeroportga bormoqchiligini aytdi. Mashina o‘ng chiziq bo‘ylab yo‘l oldi. To‘satdan qora rangli yuk mashina qarshisidan chiqdi. Haydovchi to‘qnashib ketmaslik uchun zudlik bilan tormoz berdi. Taksi to‘xtashga ulgurdi, ammo orqadan kelayotgan mashina bilan to‘qnashib ketishiga bir bahya qoldi. Yuk mashina haydovchisi oynadan boshini chiqarib haqorat qilgancha baqira ketdi. Taksi haydovchisi esa xotirjam tabassum bilan samimiy qo‘l silkib qo‘ydi.

Bir zumda ro‘y bergan bu voqeadan dahshatga tushgan ayol, taksi haydovchisining bu ishidan ajablandi. “Nega bunday qildingiz? – deya so‘radi ayol. U sal bo‘lsa mashinangizga ziyon yetkazib, ikkimizni ham o‘sal qilardi”.

Taksi haydovchisi kulimsirab:
– Axlat qutisi qoidasi, – dedi.
– U nima degani? – dedi ayol hech narsani anglamay.
– Ayrim odamlar axlat qutisi kabi, – deya izohladi haydovchi. – Yuragida axlat ko‘tarib yuradi, jahl-g‘azab va tushkunlik tashiydi. Qalbi axlat bilan to‘lib-toshib ketsa, qayergadir to‘kishga ehtiyoj sezadilar. Ularning ruhiy axlatiga men yoki siz nishon bo‘lamiz. Shunday paytlarda hech o‘zingizga olmang, xafa bo‘lmang. Ularga yaxshilik tilang va yo‘lingizda davom eting. Undaylarning axlatini ishxonangiz yoki uyingizga ko‘tarib bormang. Ko‘chadagi boshqa odamlarga ham sochib yurmang. Omadli va baxtiyor insonlar axlat qutilariga kunlarini mahv etish, ruhiyatlariga ta’sir ko‘rsatishlariga yo‘l qo‘ymaydilar. Hayot tongda pushaymonlik bilan uyg‘onish uchun juda qisqa. Shuning uchun sizga go‘zal muomalada bo‘lgan insonlarni seving va yaxshi munosabatda bo‘lmaganlarga yaxshiliklar sog‘ining. Hayot – o‘n foiz qanday ishlarni bajarganingiz va 90 foiz uni qanday qarshilaganingizga bog‘liq.
Umida ADIZOVA tayyorladi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hayot pushaymon qilish uchun juda qisqa...