16:03 / 18.01.2019
6 634

"To‘ng‘iz yili" tavsiyalari: “Jadiy” burji vakillari uchun (22 dekabr – 20 yanvar)

"To‘ng‘iz yili" tavsiyalari: “Jadiy” burji vakillari uchun (22 dekabr – 20 yanvar)
Umumiy bashorat
“To‘ng‘iz” “Jadiy”larga dadillik ba­g‘ish­laydi. Ushbu burj vakillarini 2019 yil katta o‘zgarishlar kutmoqda: uy-joyni yangilaydilar, boshqa shaharga ko‘chib o‘tadilar, yangi ishga joylashadilar.

Agar uyni ta’mirlash ishlarini boshlab yuborgan bo‘lsangiz, avval barcha maishiy masalalarni hal etib, keyin dam olishga otlaning.

Kuzda maqsad sari intiluvchan, mehnatda chiniqqan, har qanday mas’uliyatni qo‘rqmay o‘z bo‘yniga oladigan burj egalari kuz oyida rahbarlar e’tiboriga tushib, yuqori lavozimga ega bo‘ladilar. Bunda nafaqat mavqelari, balki daromadlari ham ortib ketadi. Biroq topganingizni aql bilan sarflashga odatlaning.

Bu yilda burj vakillari hech bir jabhada qiyinchilik sezishmaydi. Muammolar ham darrov hal bo‘ladi.Raqobatchilar bilan ham sog‘lom ish olib borasiz. Yulduzlar 2019 yil ham muvaffaqiyatlar kalitini qo‘lga kiritish uchun xuddi shu yo‘nalishda yo‘llarini davom ettirishni maslahat berishmoqda. Qolib ketgan ishlarni yakunlashni hamda har oy kirim-chiqimni hisoblab turishni tavsiya qilamiz.

Agar hayotingizni o‘zgartirishdan qo‘rqmasangiz, bahorni boylik va sevgi-muhabbat qurshovida qarshi olasiz.
“To‘ng‘iz yili” sizga hech ikkilanmasdan iqtidoringizni namoyon qilishni maslahat bermoqda.

Shaxsiy tadbirkorlik faoliyatingizni kengaytirish uchun bahor oylaridan birida foizli kredit olishingizga to‘g‘ri keladi. Busiz moliyaviy barqarorlikka erisholmaysiz. Qayg‘urmang, kreditni muddatidan avval qaytarasiz.

2019 yil iyul va avgust oylari tog‘li joylarda, tabiat qo‘ynida yoki o‘zga mamlakatlarda hordiq chiqarsangiz ham bo‘ladi. Agar chet elga sayohat qiladigan bo‘lsangiz sizga qulay va tinch mamlakatni tanlashni maslahat beramiz. Atrofingizdagi ba’zi hasadchilar oilangiz tinchligini buzish maqsadida ig‘vo chiqaradilar. Yulduzlar ig‘vogarlar do‘stlaringiz orasida ham bo‘lishi mumkinligidan ogoh­lan­tirishmoqda.

Yoz oxirlab qolganda dala-hovliga borish niyati paydo bo‘ladi. Mevali daraxtlar ko‘chatini ekish, tozalash, gullar o‘tkazish sizga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi.

Quvonchli damlar bilan birga taqdir sinovlariga ham duch kelasiz. Ularni yengib o‘tish mumkin. Buning uchun o‘z vaqtida to‘g‘ri qaror qabul qilsangiz bo‘ldi. Yil oxirida yuz bergan voqealar hamkasblaringiz va do‘stlaringiz bilan bo‘lgan munosabatlarni ko‘zdan kechirib chiqishga sabab bo‘ladi.

Yaqinlaringiz ko‘nglini ko‘tarish istagida bo‘lsangiz, ularga anchadan beri orzu qilib kelayotgan narsalarini sovg‘a qiling. Yulduzlar ular uchun pulni ayash yaramasligini ta’kidlamoqdalar.

ShAXSIY HAYОT
Burj vakillari “ichimdagini top”, deguvchilardan. Atrofdagilar bilan til topishib ketishi ham qiyin kechadi. Shu sababli, shaxsiy hayot borasida juda ko‘p ikkilanadilar. Biroq 2019 yilda bunday yurish yaramaydi. “To‘ng‘iz yili”da oldingizga munosib umr yo‘ldoshini topishdek aniq maqsadni qo‘ying. Inson biror narsani istasa, u albatta ijobat bo‘ladi. Tez orada o‘z juftingizni uchratasiz va uni bir ko‘rishdayoq sevib qolasiz.Biroq tanlovingiz borasida yaqinlaringizdan maslahat oling, ular sizga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishadi va butun umrga tatigulik masalada adashib qolmasligingizga yordam berishadi. Siz juda oilaparvarsiz. Shu sababli, bolalarni juda qadrlaysiz.

Uy-ro‘zg‘or ishlarida nihoyatda tartibli bo‘lganlarni maishiy muammolar bezovta qilmaydi.

2019 yilda ertaklardagidek oilaviy hayot kutmoqda. Sizyangi g‘oyalar, kutilmagan sovg‘alar va olijanob xatti-harakatlarni amalga oshirishga ustasiz. Hattoki, oila a’zolaringiz sizning bunday yoqimli tadbirlaringizdan charchab ham qoladilar. Uzoq mamlakatda yashovchi qarindoshlaringizni yo‘qlashni yodingizdan chiqarmang. Bu odatingiz ham e’tirofga sazovor.

SALOMATLIK
2019 yilda yulduzlar kompyuter qarshisida kamroq vaqt o‘tkazishni maslahat berishmoqda. Bir joyda uzoq o‘tirish sog‘lig‘ingizga zarar yetkazib qo‘yishi mumkin. Ko‘proq ochiq havoda sayr qiling. Aks holda, umurtqa pog‘onasining qiynashi yoki bosh aylanishi kabi asoratlarni orttirib olasiz.

O‘z vaqtida shifokor nazoratidan o‘ting. Agar yo‘l-yo‘lakay taomlanish odatini bas qilmasangiz, oshqozon-ichak yarasi yoki yo‘g‘on ichak yallig‘lanishi kasalligini orttirib olasiz. Ovqatlanish tartibiga rioya qilib, foydali mahsulotlar bilan “do‘stlashing”. Yulduzlar 2019 yilda asab tizimini avaylashlari kerakligini va ortiqcha narsalarga hayajonlanmaslikni maslahat berishmoqda.

Zararli odatlaringizdan qutuling. Chunki yil egasiga ular yoqmaydi. Tamaki chekish yoki spirtli ichimliklarni ichish o‘rniga rolik yoki velosipedda uching yoki basseynda suzish bilan shug‘ullaning.

KARERA
2019 yilda mablag‘ borasida muammolar bo‘lmaydi. Tinimsiz mehnat qilib, ko‘zlagan maqsadga erishasiz. Ammo ishdan bo‘sh vaqtlaringizda biroz dam olish va kuch to‘plab olishga harakat qiling.Agar tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lsangiz, hordiq vaqtida ishonchli insoningizga vaqtinchalik vazifalarni topshirib turing.

Ishbilarmon va tejamkorlar o‘ziga tegishli narsani qo‘ldan boy bermaydilar. Shuning uchun ularning daromadi ortib ketadi. Raqobatchilar bilan kurashish qiyinroq kechadi. Avval amalga oshirgan mehnatlari evaziga pul mukofotlari kutmoqda. Ijodkorlargayulduzlar o‘z iqtidorini namoyon qilishlarini maslahat bermoqda. Axir yuragingiz qobiliyatlarga to‘lib-toshib yotibdi. Birortasini qo‘lidan tutib, qo‘shimcha daromad manbaiga aylantiring.

Serdaromad o‘tgan yil yakunida sizga ham moddiy, ham ma’naviy yordam bergan va qo‘llab-quvvatlagan kishilar uchun katta ziyofat uyushtirasiz. Qarindoshlaringizni ham tadbirga taklif etishni unutmang.

AYОL "JADIY"LAR
Omadni qo‘lga kiritish uchun “To‘ng‘iz yili”da ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lasiz. Faqat ushbu imkoniyatlardan oqilona foydalanishni bilsangiz bo‘lgani.Yil avvalida ishlar to‘xtab qolgani uchun zerikarli va horg‘in yurasiz. Bahorga kelib, vaziyat yaxshilanadi. Ish va sevgi borasida boshingizga baxt qushi qo‘nadi. Bu yil barcha sohada o‘zingiz birinchi qadam tashlashingizga to‘g‘ri keladi.

“To‘ng‘iz yili”ning boshida bor e’tiboringizni oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga qaratsangiz, yaqinlaringiz sizdan mamnun bo‘lishadi. Chunki keyin ishga ko‘milib ketasiz. Bu ijodiy yo‘nalishdagi yoki texnik sohaga oid ishlar bo‘lishi mumkin. Agar zudlik bilan qaror qabul qilish kerak bo‘lsa, vaqtni behuda o‘tkazmang. Aks holda, muvaffaqiyatlarni qo‘ldan chiqarasiz. 2019 yil yanvar va fevral oylarida ta’tilga chiqish siz uchun ayni muddao. Tog‘li joylardagi dam olish maskanlariga yo‘llanma olib, qizg‘in ish pallasi uchun tayyorgarlik ko‘rib oling.

ERKAK "JADIY"LAR
2019 yilda yulduzlar quvonchli va betashvish davr­ni va’da bera olmaydilar.Bahorning o‘rtalarigacha zerikarli hayot ularni o‘z domiga tortadi. Ammo keyin quvonchli damlarga, do‘stlar bilan ko‘ngilochar tadbirlarga boy palla boshlanadi. Ish va muhabbat borasida hammasi a’lo darajada bo‘ladi.

2019 yilda aksariyat bo‘ydoqlar oila qurish borasida aniq qarorga keladilar. Ular nafaqat oila qurishni, balki yangi uy olishni, uni o‘z qo‘llari bilan ta’mirlashni, mebellar bilan bezashni istab qoladilar. Rejalaringiz yuz foiz amalga oshishi kutilmoqda.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "To‘ng‘iz yili" tavsiyalari: “Jadiy” burji vakillari uchun (22 dekabr – 20 yanvar)