Alloh mol-dunyo (boylik)ni farz ibodatlar, namozlarni vaqtida ado qilish va zakot berish uchun tushirgan. Allohning mol-davlati hayvoniy nafs – faqat yeb-ichish va lazzatlanish uchun berilmagan. Boylik, mol-dunyo, rizq-nasiba Allohniki hisoblanadi. Shunga ishongan insongina haqiqiy mo‘min va shokir banda darajasiga erishadi.
Agar inson “Mol-dunyo, ne’matni o‘zim qo‘lga kiritdim, ne’mat menga o‘z kuchim soyasida berildi”, “Boylikka o‘z ilmim bilan erishdim” (“Qasos” surasi, 78-oyat) deya xudbinlarcha o‘ylasa va o‘ziga bino qo‘ysa, haqiqiy Mug‘niyni inkor etishga urinsa, Qur’oni Karimda keltirilgan noshukrlar, nonko‘r va andishasizlar toifasiga kiradi. Agar boylik, mol-davlat, to‘kin hayot ishqibozligi kishini Allohga bandalik qilish va insoniy fazilatlardan uzoqlashtirsa u dunyodagi eng razil kimsaga aylanadi.
Bir hadisi qudsiyda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“Boylikni namoz o‘qish va zakot berish uchun tushirdim. Odam bolasining bir vodiy (to‘la) boyligi bo‘lsa, ikkinchisini ham istaydi. Shoyad ikki vodiy (to‘la moli) bo‘lsa uchinchisini ham istaydi. Odam bolasining qornini tuproqdan boshqa hech narsa to‘ldirolmaydi. Alloh tavba qilganni kechiradi”.
Alloh mol-davlat bilan siylagan kimsa ustidagi bandalik haqini ado etmasa uning uchun yerning osti afzalroq. Inson Robbisini, Yaratuvchisini tanish, unga imon keltirish, Uni sevish, Uni zikr etish uchun yaratilgan. Insonning ichki dunyosi (ko‘ngli) iymon, ilm va hikmat uchun yaratilgan. Lekin ba’zi nodonlar ko‘ngil dunyosini Allohning Bir-u Borligi, muborak ismlari, go‘zal sifatlari, buyruqlaridan mahrum etib, o‘tkinchi dunyoning mol-dunyosi muhabbati bilan to‘ldiradilar. Shunga qaramay ko‘ngillari to‘lmaydi. O‘zi va mol-dunyosining asl manbasi bo‘lgan tuproqqa qaytgunlaricha faqirlik, ochko‘zlik va mol-dunyoga hirsmandlikdan forig‘ bo‘lolmaydilar.
Umida ADIZOVA
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi