Kunlarning birida ikki yosh avtobusga chiqishdi. Ular chamasi 25-30 yoshlardagi yigit va uning rafiqasi. Bu juftlik shahardagi boshqa er-xotinlarga hech o‘xshamas edi. Bir-biriga juda mehribon, ayniqsa, erning xotiniga bo‘lgan mehr-muhabbati uning ko‘zlarida namoyon. Ayol ham xushro‘ygina. Yozning aynan jazirama issig‘iga qaramay yosh juvon boshiga ro‘mol o‘ragan.
Avtobusdagi yo‘lovchilardan biri ular tomonga qayrilib qaradi va asta so‘z qotdi:
“Yaxshi yigit!” Gapirgan odam taxminan 40 yoshlarda, ko‘rinishidan biror bir oliygoh o‘qituvchisi, ziyoliga o‘xshab turibdi.
– Menga gapiryapsizmi? – co‘radi haligi yigit.
– Ha, sizga, – javob berdi erkak.
– Eshitaman, – muloyimlik bilan murojaat etdi yigit.
– Sizdan bir narsani so‘ramoqchi edim. Lekin mendan xafa bo‘lmaysiz degan umiddaman, – davom etdi yo‘lovchi, – mana, anchadan beri sizlarni kuzatib o‘tiribman-u bir narsaga hech aqlim yetmayapti. Ko‘rinishingizdan tuppa-tuzuk, o‘qimishli tushungan yigitga o‘xshaysiz. Lekin shunday madaniyatli yigit ayolini mana bunaqa matolarga o‘rab-chirmab tashlaganini tushunolmayapman.
Odamlar koinotni zabt etayotgan, ilm-fan jadal rivojlanayotgan, taraqqiyotning yuqori bosqichlariga ko‘tarilayotgan shu davrda ayolingizga erkin yashashga imkon bermasangiz-a. Bu nimasi?
Mana, qarang, mening xotinim, – deya yonidagi yalangbosh o‘tirgan ayolni ko‘rsatarkan, – o‘zi xohlaganiday yuradi, hayot lazzatlaridan bahramand erkin yashaydi. Siz-chi..., xiyol engashib asta shivirladi, – yoki bunga bir sabab, nuqsoni bormi?
Yigit oynadan tashqariga boqdi. Ko‘zi ko‘cha chetidagi mashinalar saqlash joyiga tushdi. U yerdagi aksariyat avtomobillarning usti brezent bilan qoplangan. Yigit o‘zidan yoshi katta haligi kishiga yuzlanib, so‘radi:
– Mashinalarni ko‘ryapsizmi?
– Ha, ko‘ryapman, nima bo‘pti, – hayron bo‘lib yelka qisdi yo‘lovchi odam.
– Mashinalarni nimaga o‘rab qo‘yishgan?
– Qimmatbaho mulkligi uchun bu aniq-ku. Egalari mashinasi tez urinib ketishi, eskirmasligi uchun shunday qilishadi, avaylashadi-da.
– Ularni yonida turgan avtobuslar-chi, ularni nega hech kim o‘rab qo‘ymagan?
– Chunki u jamoat transporti. Undan hamma foydalanadi.
Menga qarang, bu gapingiz bilan nima demoqchisiz o‘zi? Avtobusdagi hamma yo‘lovchilarning e’tibori shu suhbatda. Munozara qanday yakun topishini betoqatlik bilan kutishyapti.
Hamma yigitning og‘zini poylar edi. “Yigitga qiyin bo‘ldi. Nima deb gap topar ekan bu kishiga”. Barchaning xayolidan shu fikr o‘tgani shubhasiz.
– Tushunasizmi, rafiqam men uchun qadrli, men ham uni avaylayman. Unga boshqa erkaklarning nazari tushishini or deb bilaman o‘zimga.
Shuning uchun ham ayolimning boshida ro‘moli bor. Sizning ayolingiz esa xuddi jamoat transportiday gap. Unga hamma qarashi, xohlagan odam gap tashlashi mumkin. Buning esa afsuski, sizga qizig‘i yo‘q...
Endi barchaning nigohi yosh juftlikdan haligi erkak va uning ayoli tomon qadaldi. Erkak nima deyishni bilmay o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Uning xotini esa uyatdan yuzi lov-lov yonganidanboshi egildi.
Avtobus esa yo‘lida davom etardi…
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi